O‘zbekiston-oydin istiqbol yo’lida

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, “O‘zbekiston-Eron” do‘stlik jamiyati bilan hamkorlikda institut anjumanlar zalida “O‘tmishsiz kelajak, hamkorliksiz taraqqiyot bo‘lmaydi” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis Senatining “Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi” raisi, O‘zbekiston qahramoni Z.M.Nizamxodjaev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari K.N.Ishanxodjaev va professor J.S.Ramatov so‘zga chiqib “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, hozirda kechayotgan siyosiy jarayonlar, davlatimiz hayotida yoshlarning o‘rni, “Yoshlar ittifoqi”ning tashkil topishi, tashkilotning maqsadi va vazifalari, millatlararo totuvlik masalalari, bu borada boshqa davlatlarning O‘zbekiston bilan tajriba almashayotgani, xorijiy davlatlar bilan hamkorlik va kelishuv masalalari xususida keng va batafsil to‘xtaldilar.

Tadbirning ikkinchi qismida ishtirokchilar o‘zini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilardan batafsil javob oldi. Shuningdek, tadbir davomida yurtimizdagi siyosiy jarayonlarga bag‘ishlangan viktorina o‘tkazildi va to‘g‘ri javob bergan talabalarga kitob sovg‘a qilindi.

O‘tkazilgan tadbir talabalarning siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy ongi hamda madaniyatining yanada yuksalishida muhim omil bo‘ldi.