Yoshlarning yuksak huquqiy madaniyatini shakllantirish – jamiyatda qonun ustivorligini ta’minlashning mustahkam asosi

Joriy yilning 10 noyabr kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraktsiyasi bilan hamkorlikda “Yoshlarning yuksak huquqiy madaniyatini shakllantirish – jamiyatda qonun ustivorligini ta’minlashning mustahkam asosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston “Adolat” SDPning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraktsiyasi a’zosi U.Q. Sulaymonov, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, sotsiologiya fanlari nomzodi T.B. Matibaev hamda O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi o‘rinbosari A.Sh. Raxmonovlar o‘z ma’ruzalari bilan  ishtirok etishdi. Tadbir davomida talabalar o‘rtasida qiziqarli viktorina tashkil etildi, g‘oliblar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.