Xalqimizning otashqalb farzandi

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida joriy yilning 4 noyabr kuni atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan xotira kechasi tashkil etildi. Unda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti dotsenti, falsafa fanlari nomzodi Nigora Zayniddinovna Saidalieva o‘z ma’ruza va taqdimotlari bilan ishtirok etdi va Sh.Rashidov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Xalqimizning otashqalb farzandi nomli kitobi taqdimotini o‘tkazdi. Tadbir davomida ma’ruzachi atoqli davlat arbobi va yozuvchining hayoti va faoliyati, ijodi  to‘g‘risidagi ma’lumotlarni talaba- yoshlarga berib o‘tdi. Tadbir sermazmun va maroqli bo‘lib o‘tdi.