Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti va O‘zbekiston davlat konservatoriyasidagi boshlang‘ich tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolash marosimi

2017 yil 2 noyabr kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti “Harakatlar strategiyasi” axborot honasida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti va O‘zbekiston davlat konservatoriyasidagi boshlang‘ich tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda ikki oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar etakchilari hamda boshlang‘ich tashkilot Kengashi a’zolari ishtirok etdilar.

Hamkorlik bitimi o‘z oldiga: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yor va tamoyillariga tayangan holda;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF 5106 sonli Farmoni, 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirshga doir komkleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3138-sonli qarori ijrosini ta’minlash;

O‘zbekistonda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunini amalga oshirish;

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirilishini ta’minlash;

Yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodlari, qobiliyatlarini namoyon etishlarida ko‘maklashish, talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni qaror toptirish hamda turizm sohasini rivojlantirish;

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining markaz va joylardagi organlari, jamoat tashkilotlari bilan ijtimoiy hamkorligini har tomonlama mustahkamlash kabi ustuvor vazifalarni qo‘ygan.