“Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovi

Institut faollar zalida an’anaviy “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovi o’tkazildi. Tanlov iqtidorli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish hamda yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz, tarixiy-ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, sog’lom turmush-tarzini targ’ib etish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijodiy salohiyati va ularning o’z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etildi.

TTE va TL fakultetining “Liderlar”, elektromexanika fakultetining “Mabodo” va qurilish fakultetining “NB” jamoalari o’zini tanishtirish, savol-javob hamda musiqaviy chiqish shartlarida o’zaro bellashdi.

Tanlov yakuniga ko’ra qurilish fakultetining “NB” jamoasi g’olib bo’ldi va jamoalar 1-,2-,3- darajali diplom bilan taqrdirlandi.