OIV infektsiyasi – inson hayotiga dars soluvchi mudhish kasallik

2017 yil 12 may kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunning ijrosini ta’minlash hamda talaba yoshlarning OITS va OIV kasalliklari to‘g‘risidagi tibbiy madaniyatlarini, savodxonliklarini oshirish va bu boradagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida “OIV infektsiyasi – inson hayotiga dars soluvchi mudhish kasallik” mavzusida davra suxbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Respublika OITSga qarshi kurashish markazi epidemiologi A.O. Ochilov ma’ruzalari tinglandi va mavzuga doir videolavha namoish qilindi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar va o‘z bilimlarini mustahkamladilar.