E'lon: "Yagonasan, muqaddas Vatan!" respublika ko'rik tanlovining institut saralash bosqichi

Toshkent temir yo'l muhandislari institutida 25 may kuni soat 13-00 da Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2017 yil 24 apreldagi 248-sonli buyrug'i hamda institit rektorining 5 maydagi 238-U sonli buyrug'i asosida "Yagonasan, muqaddas Vatan!" respublika ko'rik tanlovining saralash bosqichi o'tkazilmoqda. Tanlov Vatanni sharaflaydigan, or-nomus, qadr-qimmat, g'urur va iftixor kabi fazilatlar ifoda etilgan eng yaxshi qo'shiqlar yuzasidan bo'lib o'tadi va unda ishtirok etishni istagan barcha talabalar qatnashish huquqiga ega. 

Tanlovda ishtirok etishni istovchilar "Ma'naviyat va ma'rifat" va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limiga murojaat etishlari mumkin.