Ta’lim dargohimizni ma’naviyat va ma’rifat o’chog’iga aylantiramiz

Bugun – payshanba institutimizda “Ma’naviyat kuni” deb e’lon qilindi. Ushbu kun munosabati bilan kun davomida turli tadbirlar, jumladan davra suhbatlari, uchrashuvlar, muzey, teatr va turli obidalarga talabalarning tashrifi uyushtirildi.

Xususan, institut faollar zalida o’tkazilgan “O’zbek milliy kinolarining yoshlar tarbiyasidagi o’rni” mavzuidagi aktyor va aktrisalar ishtirokidagi uchrashuv qizg’in, erkin va munozarali tarzda o’tdi. Uchrashuvni institut prorektori D.X.Baratov olib bordi. Tadbir davomida rejissor, aktyor Mashrab Kimsanov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Rixsivoy Aliyev, O’zbekiston xalq artisti Mehri Bekchonova, Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri aktrisasi Muqaddas Mamadaliyeva, aktrisa Gulnora Tolipovalar so’zga chiqdi va turli o’zbek filmlaridan namunalar keltirdi, mavzu yuzasidan fikr bildirdilar.

Shundan so’ng institut anjumanlar zalida Mirobod tumani prokurorining yordamchisi 3-darajali yurist Z.SH.Maxmudova ishtirokida “Huquqbuzarlik profilaktikasi. Yoshlar o’rtasida jinoyatchilikni oldini olish” mavzuida davra suhbati uyushtirildi.

Auditoriyalarda davom etgan mehr va muruvvat – ulug’ qadriyat, ta’lim muassasasini ma’naviyat va ma’rifat o’chog’iga aylantiramiz, ichki tartib qoidalar, institut hududida mobil telefondan foydalanish qoidalari, mehr va muruvvat – ulug’ insoniy qadriyat, sport – salomatlik garoviga bag’ishlangan mutaxassislar ishtirokidagi davra suhbatlari mazmunli o’tdi.

Talabalarning guruh murabbiylari bilan turli muzey va obidalarga uuyushtirgan tashriflari bu boradagi bilimlarini yanada kengaytirdi.