“Ehtirom” kontsert dasturi

      Joriy yilning 6 may kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan “Ehtirom” konsert dasturi tashkillashtirildi. Shu bilan bir qatorda oliygohimizda o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan, fidokorona mehnatlari bilan talaba yoshlarga bilim berib kelayotgan A.Sh.Shorustamov, Q.S.Lesov va F.K.Azimovlar ishtirokida an’anaga aylangan “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan so‘ng ulug‘ vatan urushi qatnashchilari va ulug‘ mehnat faxriylari uchun bayram dasturxoni yozilib, 34 nafar faxriylar uchun institut kasaba uyushmasi va institut tomonidan pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.