Sog‘lom avlod – millat tayanchi

Institut 416-auditoriyasida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi va “O‘zbekiston Respublikasida 2017 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9 oktyabr kuni soat 12-30da “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ markaziy poliklinikasi shifokorlari ishtirokida “Sog‘lom avlod – millat tayanchi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda ginekolog Dilrabo Raximova, terapevt Yuliya Gomon va institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, qo‘mita a’zolari, “Ma’anviyat va ma’rifat” iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi xodimlari, “Orasta qizlar to‘garagi” rahbari, institut ayol professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirni institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Nodira Xodjaeva olib bordi va so‘z avvalida shunday dedi: “Barchangizga ma’lumki, respublikamizda mustaqillikka erishishimiz bilan sog‘lom ona va bola masalasiga katta e’tibor qaratildi. Joylarda avvalambor onalar, ayollarning salomatligi uchun ko‘plab uchrashuvlar, davra suhbatlari treninglar o‘tkazib kelinadi va buning natijasi o‘laroq ijobiy natijalarga erishilmoqda. Ana shunday tadbirlarning davomi sifatida bugungi uchrashuvimizni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ markaziy poliklinikasi bilan hamkorlikda tashkil etganmiz va so‘z navbatini terapevt Yuliya Gomonlarning, ginekolog Dilrabo Raximova ma’ruzalarini eshitamiz”.

Shundan so‘ng Yuliya Gomonga berildi. Shifokor o‘z maruzasini taqdimot asosida hozirda ko‘pchilikni bezovta qilayotgan kasallik – GRIPP, uning profilaktikasi, tarqalishi, oldin olish, davolash, kasallik bilan kasallangan bemorning ovqatlanish tartibi, gigena, unga qarshi emlash haqida batafsil to‘xtaldi.

Keyingi so‘z navbati ginekolog Dilrabo Raximovaga berildi. Mutaxassis ayollarda va qizlarda uchraydigan turli kasalliklar, ularning boshlanishida organizmning holati, kasallik kechayotgan davrda bemorning umumiy ahvoli, asoratlari, xavfli oqibatlari hamda kasalliklarning oldini olish, davolash xususida keng va batafsil to‘xtaldi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar savollar bilan mutaxassislarga murojaat qildi va javoblar oldilar.