“Ustoz va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami davom etmoqda

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti ishchi-xodimlari, professor-o‘qituvchilari va talabalariga ma’lumki, institutda 1 oktabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami davom etmoqda. Jumladan, barcha ustoz va murabbiylarni qamrab olayotgan sport musobaqalari shular jumlasidan.

4 oktabr kuni institutning o‘yinlar zalida “Qurilish”, “Elektromexanika”, “Iqtisodiyot” fakultetlari xotin – qizlari o‘rtasida “Sport musobaqalar”i o‘tkazildi. Musobaqa ko‘tarinki kayfiyat bilan boshlandi. Fakultetlarning professor – o‘qituvchi hamda o‘quv yordamchi xodimlari musobaqada faol qatnashdilar. Har bir fakultet ishtirokchilari estafeta, arqon tortish, savatchaga to‘p tushirish shartlarini a’lo darajada bajardilar. Musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlandi. Unga ko‘ra:

I – o‘ringa “Iqtisodiyot” fakulteti xodimlari;
II – o‘ringa “Qurilish” fakulteti xodimlari;
III – o‘ringa “Elektromexanika” fakulteti xodimlari loyiq deb topildilar.

4ta fakultetning erkaklaridan iborat terma jamoasi futbol bo‘yicha bellashmoqda. Futbol musobaqalari davom etmoqda. Final bosqich joriy yilning 7 oktabr kuni o‘tkaziladi.