Sog‘lom bola – ahil oila mevasi

Institut 497-auditoriyasida “Fuqarolik jamiyatida shaxs tarbiyasi va unda oila institutining o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi” professor-o‘qituvchilari, “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi xodimlari, institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi va qo‘mita a’zolari, dekan muovinlari, guruh murabbiylari va talabalar ishtirok etdi.

Davra suhbatini institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Nodira Xodjaeva ochib berdi va shunday dedi: “Barchamizga ma’lumki, davlatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng demokratik tamoyillarga asoslangan fuqarolik jamiyati qurishni maqsad qilib oldik. Fuqarolik jamiyatida esa shaxs tarbiyasi, mustahkam oila masalalari muhim o‘rin tutadi. Shunday ekan, demokratik tamoyillarga asoslangan fuqarolik jamiyatini qurishda har birimiz namunali, mustahkam oila qurish, barkamol avlodni tarbiyalash orqali hissamizni qo‘shamiz. Bu borada Xadicha Cho‘lponovaning psixologik maslahatlari bizga yordam beradi”.

Shundan so‘ng so‘z navbati institut “Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi” katta o‘qituvchisi Xadicha Cho‘lponovaga berildi. Ma’ruzachi mavzuga psixologik yondashgan holda fikrlarini bildirdi va maslahatlar berdi.