Bakalavr bosqichi hamda magistratura yo’nalishini tamomlagan bitiruvchilarni taqdirlash marosimi

Toshkent temir yo’l muhandislari institutida 2017 yil 4 iyul kuni bakalavr bosqichi hamda magistratura yo’nalishini tamomlagan bitiruvchilarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. 2013-2017 o’quv yillarini a’lo baholar bilan tamomlagan 85 nafar bakalavr hamda 100 nafar magistrlar imtiyozli diplomlar bilan taqdirlanishdi. Tadbirda bitiruvchilarni tabriklash maqsadida “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Personallarni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi boshlig’i Muhsinjon Musajonovich Mamasidiqov hamda bir qator fan doktorlari, professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi. Insitut faollar zali bakalavr va magistratura bosqichini bitiruvchilarini qutlashga kelgan ota-onalar, bitiruvchilarning do’st-u birodarlari bilan gavjum bo’ldi.