Seul milliy ilm va texnika universiteti(SNUT) delegatsiyasining tashrifi

2017 yil 21 iyun kuni Toshkent temir yo’l muhandislari institutiga hamkorlik maqsadida Seul milliy ilm va texnika universiteti (Seul National University of Science and Technolagy) ning delegatsiyasi a’zolari tashrif buyurishdi. “Xavfsizlik” fakulteti dekani professor Jong Seo Ku, “Temir yo’l boshqaruvi va siyosati” fakulteti dekani professor Sigon Kim, “Temir yo’l boshqaruvi va siyosati” fakulteti o’qituvchisi Seung Pil Kanglar institutning mehmonlari bo’lishdi.

Tashrifdan maqsad:

  • Seul milliy ilm va texnika universiteti(SNUT) bitiruvchilari bilan uchrashuv;
  • O’zbekiston temir yo’l infrastrukturasi bilan tanishish;
  • Talabalarni almashish va xodimlarni SNUT magistratura bosqichida o’qishlarida kelajakdagi hamkorlik loyihalari bo’yicha muzokaralar olib boorish.

Bu uchrashuv  Koreya va O’zbekistonga temir yo’l tizimi bo’yicha ikki tomonlama qiziqishlarini tushunishga hamda SNUT va O’zbekiston temir yo’llarining hamkorlik aloqalari rivojlanishiga yordam beradi.