2016-2017 o‘quv yili bitiruvchilarini jamiyat tasarrufidagi korxonalariga jalb qilish maqsadida, ya’ni ishga taqsimlash bo‘yicha joriy yilning 11, 12, 13 aprel kunlari yakuniy taqsimot o‘tkazildi

Ma’lumki davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida: “2017 yildan boshlab aholini, avvalambor, litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalasi bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi”, - deya qayd etgan edi.

Mazkur yo‘nalishda bugun ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga aholini, xususan oliy o‘quv yurti bitiruvchilarini  o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ish bilan ta’minlash borasida ayrim yechimini kutayotgan masalalar uchramoqda.

Shu o‘rinda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2017 yil 18 martdagi 438-NZ-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda 2016-2017 o‘quv yili bitiruvchilarini jamiyat tasarrufidagi korxonalariga jalb qilish maqsadida, ya’ni ishga taqsimlash bo‘yicha joriy yilning 11, 12, 13 aprel kunlari yakuniy taqsimot o‘tkazildi va bitiruvchi talabalari ish bilan ta’minlandi. Bu o‘quv yilida jami 963ta bakalavrlar va 100 ta magistrlar bitirmoqdalar. Ulardan faqatgina 40 nafari AJ tarkibida bo‘lmagan korxonalar (Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati, Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati va “O‘zbekko‘mir” AJ) ga, qolgan barcha talabalar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarga ishga qabul qilindilar. “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” UK eng ko‘p bitiruvchilarni ish bilan ta’minladi.