“Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasida “Ma’naviyat va ma’rifat” nomli ijodiy ishlar tanlovi

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti “Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasi “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi hamkorligida Internet tarmog‘ida yoshlarni ekstremizm va terrorizm tahdidlaridan ogoh etishga bag‘ishlangan eng yaxshi infografika, grafika, foto slayd kabi ijodiy ishlarning tanlovini o‘tkazmoqda.

Tanlov joriy yilning 5 aprelidan 15 may kuniga qadar davom etadi. Tanlovda g‘olib deb topilgan ishtirokchilar munosib taqdirlanadilar va sara ijodiy ishlar internet tarmog‘ida ommalashtiriladi.