Toshkent temir yo’l muhandislari instituti vakillarining O`zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko`rgazmalari zalida Islom Karimov haykalini yaratish bo`yicha xalqaro ochiq tanlov ko`rgazmasiga tashrifi

Tanlovda O`zbekiston, Ukraina, Janubiy Koreya, Turkmaniston, Italiya, Avstraliya va Germaniyadan 58 nafar haykaltarosh qatnashdi. Ular tomonidan jami 68 loyiha taqdim etilgan.

Ushbu ko’rgazmaga 4 aprel kuni Toshkent temir yo’l muhandislari instituti vakillari tashrif  buyurishdi va yana bir bor O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning yorqin xotirasiga o'zlarining hurmat va ehtiromlarini ishor qilishdi.