“Talabalik bahori 2017” festivali “Tashishni tashkil etish va transport logistikasi” fakulteti talabalari chiqishlari

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida an’anaga aylangan “Talabalik bahori” festivali talabalarni milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga sadoqat, milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish va o‘z mahoratini namoyish etishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, ushbu festival iqtidorli va iste’dodli yoshlarni aniqlash va ularning intellektual va ijodiy potentsialini qo‘llab-quvvatlash, institut jamoasining xalqimiz milliy qadriyatlariga bo‘lgan hurmatni oshirish, milliy va umuminsoniy urf-odatlar va an’analarga nisbatan qiziqishlarni yanada o‘stirish, ularning bu yo‘ldagi badiiy badiiy salohiyatlarini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratish, jamiyat hayotidagi ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar mazmunini qamrab olish maqsadida ham o‘tkaziladi. Navbatdagi an’anaviy festivalning ochilish marosimi joriy yil 1 aprel kuni bo‘lib o‘tdi va bu marosimda “Tashishni tashkil etish va transport logistikasi” fakulteti talabalari o‘z chiqishlari bilan namoyish etishdi. Talabalar chiqishida tomoshabinlarning diqqatini ayniqsa Sahna ko‘rinishi va yakka ijrodagi raqs shartlari  jalb etdi. Festivalda talabalar 10 ta shart bo‘yicha bellashib, 376 ballni qo‘lga kiritishdi. Navbatdagi Talabalik bahori” festivali 8 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda “Qurilish” fakulteti jamoasi ishtirok etadi.