Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti 1931yil iyul oyida tashkil etilgan. Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, shundan beri hozirgacha o‘tgan davr  «Falsafa va siyosatshunoslik» kafedrasining ham bosib o‘tgan yo‘li hamda  shonli tarixidir. Zero, shu davr ichida mazkur kafedra minglab mutaxassislarning ijtimoiy-siyosiy, g‘oyaviy-ma’naviy dunyoqarashlarini shakllantirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shib keldi va bu ma’suliyatli vazifani hamon zamon ruhiga hamnafas bo‘lgan holda davom ettirmoqda.

1931 yilda institutning tashkiliy tuzilishi belgilanganda ijtimoiy fanlarga doir ikkita kafedra – «Ijtimoiy fanlar kafedrasi» va «Siyosiy iqtisod kafedrasi» tashkil etilgan edi. 1932 yilning aprel oyiga kelib bu  kafedralar birlashtirib yuboriladi va «Ijtimoiy–iqtisodiy fanlar kafedrasi» nomi bilan  faoliyat ko‘rsata boshlaydi.

Urush yillarida institutda yana ikkita kafedra–«Marksizm–leninizm kafedrasi» va «Siyosiy iqtisod kafedrasi» faoliyat ko‘rsatgan.

1962 yilga kelib «Marksizm–leninizm kafedrasi» ikkita mustaqil kafedraga– «KPSS tarixi»  kafedrasi va «Markscha-lenincha falsafa» kafedrasiga ajratilgan. Falsafa kafedrasini institutning birinchi o‘qituvchilaridan bo‘lmish, falsafa fanlari nomzodi, dotsent N.I.SHulgina boshqargan va bu kafedrada falsafa, etika, estetika, ilmiy ateizm asoslari, sotsializm nazariyasi, mantiq kabi fanlar o‘qitilgan.

1963-1964 o‘quv yilidan boshlab, o‘qitilayotgan ijtimoiy fanlar qatoriga yana bir yangi fan–«Ilmiy kommunizm asoslari» kiritilgan. SHu munosabat bilan «Markscha–lenincha falsafa» kafedrasi «Falsafa va ilmiy kommunizm» kafedrasiga aylantirilgan. SHu yildan boshlab kafedrani tarix fanlari nomzodi, dotsent SH.A. Zuxriddinov boshqara boshlagan. 1976 yildan e’tiboran ilmiy kommunizm fani bo‘yicha davlat imtihoni joriy etilishi munosabati bilan o‘quv yuklamasi keskin oshib ketgan. Natijada institut ilmiy kengashining qaroriga asosan alohida «Ilmiy kommunizm» kafedrasi tashkil etilgan va bu kafedrani dotsent SH.A. Zuxriddinov boshqarishda davom etgan. “Falsafa” kafedrasini esa falsafa fanlari nomzodi, dotsent M.U.Usmonov boshqargan. Keyinchalik SH.A. Zuxriddinovning doktorlik dissertatsiyasini yozish va himoya qilish uchun ijodiy ta’tilga chiqishi munosabati bilan «Ilmiy kommunizm» kafedrasini turli yillarda dotsentlardan V.I.Jelezovskaya, T.E.Irisbaeva, P.N.Rasul-Zodalar boshqarganlar. 1988 yilda «Falsafa» va «Ilmiy kommunizm» kafedralari qayta birlashtirilgan va kafedra mudiri etib tarix fanlari doktori, professor SH.A.Zuxriddinov saylangan. 1990 yilda kafedra institut ilmiy kengashining qarori bilan «Falsafa va sotsializm nazariyasi» kafedrasi deb nomlangan, keyinchalik esa  «Falsafa va siyosatshunoslik» kafedrasiga aylantirilgan.

1992 yilda kafedrani falsafa fanlari nomzodi, dotsent M.G‘. G‘aniev, 1994-1997 yillarda esa falsafa fanlari nomzodi, dotsent G.A. Sodiqovalar boshqarganlar.

1997 yilda institutning ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari birlashtirib yuborilgan va bu yagona kafedrani tarix fanlari nomzodi, dotsent B.E.Yo‘ldoshev boshqargan. 1998 yilning avgustidan «Falsafa va siyosatshunoslik» kafedrasi mustaqil kafedra sifatida qayta tashkil etilgan va unga «Falsafa va siyosatshunoslik» kafedrasi degan nom berilgan. YAngi tashkil etilgan kafedrani 2000 yilning sentyabrigacha falsafa fanlari nomzodi, dotsent K.N.Irisboev boshqargan.

2000 yilning noyabridan 2003 yilning noyabrigacha kafedrani falsafa fanlari nomzodi, dotsent SH.Q. Rahmonova boshqargan. 2003 yilning noyabridan 2011 yilning sentyabrigacha kafedraga rahbarlik qilishni tarix fanlari nomzodi, dotsent E.G‘oyibnazarov amalga oshirib kelgan. 2011 yilning sentyabridan kafedraga falsafa fanlari doktori J.S.Ramatov rahbarlik qilmoqda. 2018 yilning sentyabridan boshlab “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi deb nomlandi

“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasining yuqorida bayon etilgan qisqacha tarixidan ko‘rinib turibdiki, uning taqdiri turli xil davrlarning, o‘zgarib va yangilanib borayotgan zamonning nafasi bilan chambarchas bog‘liq holda o‘zgarib borgan, faoliyat doirasi kengayib, takomillashib borgan.

Hozirgi kunda yosh avlodga tarbiya berish, muhandis kadrlarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ahloqiy, g‘oyaviy-mafkuraviy dunyoqarashlarni shakllantirish ishi bilan kafedra faxriylari va salohiyatli o‘qituvchilar fan doktorlari – J.S. Ramatov, R.A.Nosirov.  I.K. Axmetova, , SH.Q. Rahmonova, M.O‘. Dexkanova, Akatta o‘qituvchilar  –  SH.R. YUsupov, , S.T. Sobirova,  J.D. Matkarimova, B.L. Salimov, o‘qituvchilar S.V. Temirova, R.O‘.Baratov  samarali ravishda faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

O‘qituvchilar jamoasi o‘zining ilmiy, ilmiy-uslubiy va pedagogik faoliyatining asosiy yo‘nalishini-jamiyatni demokratlashtirishning, uning ma’naviyatini yanada yuksaltirishning mazmun-mohiyatini talabalar ongi va qalbiga singdirishga qaratgan hamda bu borada salmoqli natijalarga erishmoqda.

Mustaqillikka erishilgandan keyin Respublikamiz taraqqiyotida xalqimizning boy ma’naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon sivilizatsiyasining so‘nggi yutuqlariga asoslangan ta’lim tizimi barpo etildi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan adolatli demokratik fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat mohiyatini anglab etadigan hamda uni barpo etishda faol ishtirok etadigan, mustaqil fikr yurituvchi yuqori malakali mutaxassislarning nazariy va g‘oyaviy-ma’naviy tayyorgarligini ta’minlab berish – kafedra faoliyatining bosh maqsadiga aylandi.

Hozirgi kunda kafedrada 10 dan ortiq fanlar o‘qitilmoqda. Bu fanlarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan namunaviy dastur va talablar darajasida o‘qitish ishi bilan kafedraning barcha o‘qituvchilari xormay-tolmay shug‘ullanmoqdalar.

Kafedrada professor-o‘qituvchilarning ilmiy-nazariy, g‘oyaviy va pedagogik saviyalari hozirgi davrning ta’lim-tarbiya berish talablariga to‘la-to‘kis javob bera oladi, chunki ularning 62 foizini ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lgan fan doktori va nomzodlari, 37 foizini 20-30 yillik pedagogik tajribaga ega bo‘lgan katta o‘qituvchilar hamda 25foizini o‘z ilmiy va pedagogik saviyalarini oshirish bo‘yicha tinmay tadqiqot ishlarini olib borayotgan yosh o‘qituvchilar tashkil etadi.

Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilarining 80 foizi ikki tilda – o‘zbek va rus tillarida bir xil darajada dars olib borish imkoniyatlariga egadirlar. Kelgusida kafedra tarkibini shunday o‘qituvchilar bilan boyitish va ularning salmog‘ini yuz foizga etkazish maqsad qilib qo‘yilgan.

O‘tkazilgan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarining sifat va saviyasi doimo kafedra majlislarida muhokama qilib boriladi, yutuq va ilg‘or tajribalar rivojlantirilib, nuqson va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Keyingi yillarda o‘qituvchilar tomonidan o‘zaro bir-birlarining darslariga kirish va ochiq darslar o‘tkazishning soni ortib bormoqda.

Kafedra faoliyatida o‘qituvchilarning malakasini oshirish doimo muhim ahamiyat kasb etib kelgan, zero hozirgi davrda ijtimoiy ongni yangilash, fanlarni zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar talablari asosida o‘qitish har bir o‘qituvchidan juda kata mahorat talab qiladi. Ta’lim va tarbiyaning samaradorligi esa ana shu mahorat va malakaning darajasiga bevosita bog‘liqdir.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kafedra o‘qituvchilari o‘z bilim va pedagogik mahoratlarini muttasil ravishda oshirib bormoqdalar. Bu esa barkamol avlodni shakllantirishda, ularning maslak va e’tiqodini mustahkamlashda, yangi O‘zbekistonga munosib farzandlar  etishtirishda muhim omil hisoblanadi.

Kafedra o‘qituvchilari tarkibi

Ramatov Jumaniyoz Sultanovich

Ramatov Jumaniyoz Sultanovich

kafedra mudiri, professor

Tel: +99871 299 07 67 Email: jumaniyoz@gmail.com

Nosirov Rashod Odilovich

Nosirov Rashod Odilovich

professor

Tel: +99871 299 02 23

Raxmonova Sharofat Quddusovna

Raxmonova Sharofat Quddusovna

dotsent

Tel: +99871 299 02 36 Email: rakhmanova_sh@rambler.ru

Dexqonova Mamura O‘lmasovna

Dexqonova Mamura O‘lmasovna

dotsent

Tel: +99871 299 02 36

Yunusova Nasiba Sharipovna

Yunusova Nasiba Sharipovna

dotsent

Tel: +99871 299 02 36 Email: nasibaxon.yunusova@mail.ru

Yo‘ldoshov Baxtiyot Ergashovich

Yo‘ldoshov Baxtiyot Ergashovich

dotsent

Tel: +99871 299 02 23

Abdullaeva Matluba Nematovna

Abdullaeva Matluba Nematovna

dotsent

Tel: +99871 299 02 36 Email: matluba77@yandex.ru

Salimov Baxriddin Lutfullaevich

Salimov Baxriddin Lutfullaevich

katta o‘qituvchi

Tel: +99871 299 02 36

Sobirova Surayyo Tursunovna

Sobirova Surayyo Tursunovna

katta o‘qituvchi

Tel: +99871 299 02 36

Yusupov Shermatilla Raxmatovich

Yusupov Shermatilla Raxmatovich

katta o‘qituvchi

Tel: +99871 299 02 23

Cho‘lponova Xadicha Tashbaevna

Cho‘lponova Xadicha Tashbaevna

katta o‘qituvchi

Tel: +99871 299 02 36 Email: chulpanova_67@mail.ru

Axmetova Klara Irismetovna

Axmetova Klara Irismetovna

katta o‘qituvchi

Tel: +99871 299 02 36 Email: tdiu_69k@mai.ru

Nazarova Nilufar Juraevna

Nazarova Nilufar Juraevna

katta o‘qituvchi

Tel: +99871 299 02 36 Email: nnj_2902@mail.ru

Akbarova Laylo Upashevna

Akbarova Laylo Upashevna

katta o‘qituvchi

Tel: +99871 299 02 36

Kushakov Fayzulla Abdullaevich

Kushakov Fayzulla Abdullaevich

katta o‘qituvchi

Tel: +99871 299 02 23

Komilov Davron Zafarovich

Komilov Davron Zafarovich

katta o‘qituvchi

Tel: +99871 299 02 23

Raxmatov Dilshod Nabijonovich

Raxmatov Dilshod Nabijonovich

assistent

Tel: +99871 299 02 23 Email: adamekos@mail.ru

Temirova Svetlana Vladimerovna

Temirova Svetlana Vladimerovna

assistent

Tel: +99871 299 02 36 Email: sveta3tmit@gmail.com

Malikov Bexzod kuralovich

Malikov Bexzod kuralovich

assistent

Tel: +99871 299 02 23

Raxmonov Aziz Abdulajonovich

Raxmonov Aziz Abdulajonovich

assistent

Tel: +99871 299 02 23 Email: uz.shka-bek.@mal.ru

Sultonov Sirojbek Xabibullaevich

Sultonov Sirojbek Xabibullaevich

assistent

Tel: +99871 299 02 23 Email: sirojbek.sultonov@mail.ru