TSNQB Faoliyati

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining 2018 yil I-chorak

HISOBOTI

 Hisobot davrida bo‘lim o‘z faoliyatini “Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi to‘g‘risidagi Nizom” va“Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining 2018 yilning I-choragi (yanvar-mart) uchun ish rejasi” asosida olib bordi. Reja bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi ma’lumotlar oyma-oy institut rektoriga taqdim etib borildi. Quyida reja bandlari bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar berish bilan hisobot keltirildi.

 

1-band. Institut tarkibida ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tashkil etilganligini e’lon qilish va institut tarkibiy tuzilmasi tarkibiga kiritish. Bo‘lim Nizomi, bo‘lim xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari, ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Institut rektorining 2017 yil 27 iyuldagi 415-U sonli buyrug‘i bilan Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tashkillashtirildi.

Institut rektorining 2018 yil 3 yanvardagi 1-P buyrug‘i bilan bo‘lim boshlig‘i etib E.A.Mirsalixov tayinlandi. 2018 yil 9 yanvardagi 8-P va 9-P buyruqlari bilan bo‘limning bosh mutaxassislari etib A.A.Baymatov va E.K.Ametovalar tayinlandilar.

Institut rektorining 2018 yil 15 yanvardagi 17-U buyrug‘i bilan “Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi to‘g‘risidagi NIZOM” va “Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining 2018 yilning I-choragi (yanvar-mart) uchun ish rejasi” tasdiqlandi.

2-band. Institut veb-saytida bo‘limning maxsus sahifasini ochish. Unda bo‘limning asosiy maqsadini yoritib berish. Institutda talabalar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, kadrlar istemolchilarining ta’lim jarayoni sifatini oshirishga qaratilgan fikr va takliflarini o‘rganib borish maqsadida maxsus “Ta’lim sifati” ruknini yuritish. Bildirilgan fikr-mulohazalar tahlilini olib borish va tegishli takliflarni o‘rnatilgan tartibda institut rahbariyatiga (institut Kengashiga) kiritish.

Institut veb-saytining “faoliyat“ bo‘limida TSNQB xodimlari hamda bo‘limning maqsad va vazifalari haqida ma’lumotlar joylashtirildi. SHuningdek murojaatlar uchun manzil, elektron pochta manzili va telefon raqamlari joylashtirildi.(http://tashiit.uz/faoliyat/ta’lim-sifati.html; e-mail: Bu e-Posta adresi istenmeyen posta engelleyicileri tarafından korunuyor. Görüntülemek için JavaScript etkinleştirilmelidir.).

3-band. Bo‘lim faoliyati uchun zarur bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar nomenklaturasini shakllantirish, ularning mazmunini o‘rganish va bo‘limda ish yuritilishini tashkil etish.

Bo‘limning faoliyati uchun zarur me’yoriy-huquqiy hujjatlar nomenklaturasi ishlab chiqildi va kelishish uchun arxivga topshirilgan.

4-band. Tajribali mutaxassislarni jalb etgan holda institut, fakultetlar, kafedralar va tegishli bo‘limlarning ish rejalarini tahliliy o‘rganish va ularning mazmunidan kelib chiqib, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan masalalarni kiritish bo‘yicha takliflar berish, tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan va tasdiqlangan ish rejalarining bajarilishini nazorat qilish.

Institut fakultetlari, kafedralari va bo‘limlari ish rejalari o‘rganildi. O‘rganish natijasi bo‘yicha institut Ilmiy Kengashi majlisida ma’lumot berildi. Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan masalalar ish rejalariga kiritish masalasi bo‘yicha qarorlar qabul qilindi:

1. Institutning barcha tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari tomonidan ish rejalari tahlil qilinib, zaruriyat bo‘lsa yangi taxrirdagi ish rejalarini ishlab chiqib o‘rnatilgan tartibda tasdiqqa kiritish.

2. YAngi taxrirdagi ish rejalariga O‘zbekiston respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 sonli va “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151 sonli Qarorlarida belgilangan vazifalarni aniq ko‘rsatish.

3. Ish rejalari ta’lim sifatiga qaratilgan masalalar bilan to‘ldirish.

4. Keltirilgan masalalarni fakultet va kafedralar yig‘ilishlarida muxokama qilish.

Ish rejalariga kiritishga tavsiya etiladigan masalalar uchun quyidagi manbaalardan foydalanishni tavsiya etildi:

1. O‘zbekiston respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 sonli Qarori.

2. O‘zbekiston respublikasi Prezidentining“ Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151 sonli Qarori.

3. Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining fakultetlari to‘g‘risidagi Nizom (2016 yil 24 avgustda tasdiqlangan).

4. Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining kafedralari to‘g‘risidagi Nizom (2016 yil 24 avgustda tasdiqlangan).

5. Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining Nizomi.

6. Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining Nizomida va boshqa me’yoriy-xuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalaridan kelib chiqib institutda amalga oshiriladigan tadbirlarning “Harakat dasturi”.

 

5-band.Ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ichki ekspertlarni jalb qilgan holda chuqur o‘rganish. Bugungi kun talablardan kelib chiqqan holda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va o‘rnatilgan tartibda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish.

 

“O‘zbekiston respublikasi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va texnologiyalari bo‘yicha yo‘riqnoma»ga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar Davlat inspeksiyasiga taqdim etildi.

 

6-band. Institutda o‘quv jarayonining DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari, ishchi o‘quv rejalari va ishchi fan dasturlari bilan ta’minlanganlik holatini o‘rganish. Ularni kadrlar iste’molchilari fikrlarini inobatga olgan holda ishlab chiqarish bilan ta’lim integratsiyasi nuqtai nazardan yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va institut rektoriga (institut Kengashiga) taqdim etish.

 

Institutda o‘quv jarayoni 2014 va 2015 yillarda tasdiqlangan DTS lari hamda 2016 va 2017 yillarda tasdiqlangan malaka talablari, mos ravishda shu yillarida tasdiqlangan o‘quv rejalari asosida ishlab chiqilgan ishchi o‘quv rejalariga muvofiq tashkillashtirilgan. YUqorida keltirilgan me’yoriy hujjatlar asosida o‘quv jarayoni grafigi ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan, shuningdek o‘quv guruhlari uchun dars jadvallari tuzilib o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan.

O‘rganish jarayonida barcha fakultetlar va kafedralarda tegishli DTS, malaka talablari, o‘quv rejalar va ishchi o‘quv rejalar mavjudligi aniqlandi.

Barcha kafedralarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv va ishchi o‘quv dasturlari mavjud, belgilangan tartibda tasdiqlangan.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar haqidagi ma’lumotlar institut rektoriga taqdim etildi.

7-band.Professor-o‘qituvchilar shaxsiy ish rejalarining yarim o‘quv yili yakunlari bo‘yicha bajarilishini o‘rganish. Bunda o‘quv yuklamalarining “Vaqt me’yorlari” asosida to‘g‘ri taqsimlanganligiga e’tiborni qaratish. Amaldagi “Vaqt me’yorlari” hujjatini tajribali mutaxassislarni jalb etgan holda tahliliy o‘rganib, uni pedagog-o‘qituvchilar mehnatini moddiy rag‘batlantirish nuqtai nazardan qayta ko‘rib chiqish va ajratiladigan yuklamalar hajmini optimallashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash, ularni o‘rnatilgan tartibda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish.

 

2017-2018 o‘quv yili uchun fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan va kafedralar tomonidan taqdim etilgan professor-o‘qituvchilar shaxsiy ish rejalarini yarim o‘quv yili yakunlari bo‘yicha bajarilishini o‘rganish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015 yil 9 sentyabrdagi 5-2015-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-ahloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalari asosida amalga oshirildi.

“Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-ahloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash Qoidalari”ning 9-bandiga amal qilinmaganlik hollari uchraydi.

Institutda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning barcha shaxsiy ish rejalari o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha ma’lumotlar institut rektori, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga taqdim etildi. Institut rahbariyati tomonidan ma’lumotlarda keltirilgan kamchiliklani bartaraf etish uchun ko‘rsatmalar berildi.

Amaldagi “Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy va ahloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash Qoidalari” va “Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan bajariladigan o‘quv ishlari, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar hajmini belgilash bo‘yicha “Vaqt me’yorlari”ga takliflar tayyorlandi va fevral oyi hisobotiga ilova qilindi.

 

8-band. Institut moddiy-texnik bazasini o‘rganish (kafedralar kesimida). Bu jarayonda kafedralar tomonidan amalga oshirilayotgan grantlar, shartnomalar asosida moddiy-texnik bazani yaxshilashga qo‘shgan hissasining ulushiga e’tiborni qaratish. Tegishli takliflarni tayyorlash, ularni institut rektoriga (institut Kengashiga) taqdim etish.

9-band. Institut ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasini ARM va kafedralar (fanlar) kesimida o‘rganish.

 

Joriy yilning aprel oyida institut rektorining buyrug‘i asosida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar ichki attestatsiyadan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu jarayonda mazkur masalalar o‘rganiladi.

 

10-band. Professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini o‘rganish.

 

O‘rganish natijasida bugungi kunda institutda 23 ta kafedrada umumiy shtatda 265 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. SHundan 20 nafarifan doktorlari va professorlar, 4/74 nafari falsafa doktorlari/fan nomzodlari va dotsentlar. Institut bo‘yicha ilmiy salohiyat 37% ga tengligi aniqlandi.

Ilmiy salohiyatni oshirish va yosh kadrlar rezervini tayyorlash rejasi institutning Ilmiy Kengashida tasdiqlangan. SHu bilan birga, ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida chet el universitetlari bilan xamkorliq aloqalari yo‘lga qo‘yilgan va so‘nggi uch yil ichida chet elga aspiranturada va doktoranturada tahsil olish uchun institutning 16 nafar yoshlar o‘qishga yuborilgan.

 

11-band. Professor-o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlarining o‘tkazilish holatini tahliliy o‘rganish

 

Institut rektori tomonidan 2018 yil 12 fevralda tasdiqlangan reja asosida professor-o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlarining o‘tkazilish holati joriy yilning 12 fevralidan 30 martigacha bo‘lgan davrda jami 44 nafar professor-o‘qituvchilar darsi tahlil qilindi. Ma’lumotlar oyma-oy institut rektoriga taqdim etilmoqda. Ushbu jarayon o‘quv yili oxirigacha davom etadi.

 

12-band. Institutda (kafedralarda) mustaqil ta’limning tashkil etilganligini o‘rganish.

 

Talabalarning mustaqil ishlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 14 avgustdagi 286-sonli  buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha yo‘riqnoma” asosida amalga oshirilgan. Institut rektorining 2009 yil 5 oktyabr 156-U sonli “Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i chiqqan.

O‘quv fanlari bo‘yicha namunaviy va ishchi dasturlarda talaba mustaqil ishining shakli, mazmuni va hajmi ifoda etilgan. Fanlarning ishchi dasturlari bajarilishining kalendar-tematik rejasida TMIlar mavzulari va bajarilish muddatlari o‘z aksini topgan.Talaba mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt byudjetiga mos ravishda har bir fan bo‘yicha tegishli kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriqlar variantlari ishlab chiqilgan. Mustaqil ishni bajarish uchun fanlar bo‘yicha talabalarga uslubiy qo‘llanma, ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbaasi sifatida darslik va o‘quv qo‘llanmalar, metodik qo‘llanma va ko‘rsatmalar, ma’lumotlar to‘plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar kutubxonalarda mavjud. Talabalar darsdan keyin test markazida mustakil ishni bajarishi uchun barcha sharoit yaratilgan Talabalar mustaqil ishlarini bajarish yuzasidan tegishli yo‘llanmalar berish va uni bajarilishini nazorat qilib borish maqsadida TMI hajmidan kelib chiqib konsultatsiyalar jadvallari ishlab chiqilgan hamda uning fakultet va kafedralar e’lon taxtalarida bo‘lishi ta’minlangan.

Institutning www.library.tashiit.uz veb saytida talabalar keng foydalanishlari uchun 2000 dan oshiq elektron ta’lim resurslari (elektron darslik, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv adabiyotlar) kiritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirish choralari tug‘risida”gi PQ-1989-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institutimizdagi Axborot texnologiyalari markazi xodimlari tomonidan yaratilgan “Moodle” (www.moodle.tashiit.uz) dasturida 320 ta fanlar bo‘yicha kurslar yaratilgan.

O‘quv uslubiy majmua (www.umk.tashiit.uz) veb saytida barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislik fanlarini ishchi o‘quv dasturlari,  mavzular bo‘yicha nazariy, amaliy va laboratoriya ishlarini  materiallar, taqdimotlar, mustaqil ta’lim materiallari, glossariy, adabiyotlar ro‘yxati xorijiy manbalar asosida yaratilib, o‘z vaqtida joylashtirib borilmoqda.

ARM ning ish rejimi 3 smenali bo‘lib, 1-smena 800 dan 1600 gacha, 2-smena 900 dan 1700 gacha, 3-smena 1000 dan 1800 gacha ish olib boradi. ARM da talabalar uchun 120 o‘rinli o‘quv zali faoliyat yuritmoqda. O‘quv zalida lib.tashiit.uz va library.tashiit.uz saytlariga joylashtirilgan elektron adabiyotlardan kitobxonlar foydalanishlari mumkin. ARM da hozirda 38 ta kompyuter mavjud bo‘lib, 20 (terminal, Service Pack 2, 2009y) tasidan bevosita studentlar foydalanadi. Bu kompyuterlardan faqat institut saytlariga (lib.tashiit.uz va library.tashiit.uz) kirish mumkin. O‘rganish natijasida quyidagi takliflar berildi:

1. TTJ larda ARM faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

2. ARM da internet xonasi ochish;

3. Institut xududida Wi-Fi zonalarini tashkil etish;

4. Professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar mustaqil ishini tashkillashtirishda institut saytlarida joylashtirilgan ma’lumotlardan to‘laqonli foydalanishni talabalarga uqtirish;

 

13-band. Kuzgi semestr yakuni bo‘yicha talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash.

 

Davlat inspeksiyasining 2018 yil 18 yanvardagi 88-02-361 xatida keltirilgan topshiriq doirasida har birta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalaridan mutaxassislik fani bo‘yicha yozma ish o‘tkazildi.Natijalar bo‘yicha hisobot institut rektori va Davlat inspeksiyasiga taqdim etildi.

Institut Ilmiy Kengashining 26 martdagi navbatdagi yig‘ilishida 1-semestr yakunlari masalasi muxokama qilindi. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi va O‘quv-uslubiy bo‘limlarining tahliliy materiallari asosida ma’ruza qildi.

 

14-band. Oxirgi 3 yilda BMI va MD mavzularining ishlab chiqarishdagi (kadrlar iste’molchilari) dolzarb muammolardan kelib chiqib shakllantirilganligini hamda ulardagi takrorlanishlarning mavjudligini o‘rganish.

 

O‘rganish natijasida quyidagilar aniqlandi. Institutda BMI mavzulari ro‘yxati mutaxassislik kafedralari tomonidan shakllantiriladi. Ushbu mavzular ro‘yxati kadrlar iste’molchilari, ya’ni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga mos keluvchi xizmatlari bilan kelishiladi. Bu tartibga barcha mutaxassis chiqaruvchi kafedralar amal qilishgan. Mavzular talabalarga e’lon qilingandan so‘ng, talaba tanlagan mavzu bo‘yicha ularga rahbar tayinlanib institut rektori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur ishlar talabalarning bitiruvoldi amaliyoti boshlanishidan oldin bajarilgan.

Xuddi shuningdek MD mavzulari ro‘yxati shakllantirilgan. Dissertatsiya mavzulari va ilmiy rahbarlar belgilangan muddatlarda rasmiylashtirilgan.

Aniqlangan barcha kamchiliklar bo‘yicha ma’lumotlar fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga taqdim etildi.

 

15-band. Kadrlar iste’molchilarining fan dasturlari va bitiruvchilar malakasi  bo‘yicha fikr mulohazalarini o‘rganish.

 

Joriy yilning 9-11 aprel kunlari bitiruvchilarning ishga taqsimoti o‘tkaziladi, shu jarayonda kadr iste’molchilari orasida so‘rovnoma o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

16-band. Institutda chet tilini o‘rganish bo‘yicha qo‘shimcha kurslarning tashkil etilganligi, ularning samarasini o‘rganish.

 

Institut rektorining 2017 yil 8 avgustdagi “Xorijiy davlatlarning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalariga malaka oshirish va stajirovka o‘tash, magistratura hamda PhD dasturlari bo‘yicha o‘qishga yuborilayotgan nomzodlar uchun mo‘ljallangan “Ingliz tili” bo‘yicha malaka oshirish kursi to‘g‘risidagi” 440-U sonli, 2017 yil 19 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi 610-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi” 470-U sonli va 2017 yil 26 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasasida chet tili o‘rgatishni tashkil etish to‘g‘risidagi” 491-U sonli buyruqlari imzolangan bo‘lib, ushbu masalala bo‘yicha tegishli vazifalar belgilangan. Qo‘yilgan vazifalar bo‘yicha chet tili kafedrasi tomonidan ishlar amalga oshirilgan.

 

17-band. CHet tili o‘qituvchilarning til bilish darajasini o‘rganish (talabalarning bilim darajasini o‘rganish asosida)

Joriy yilning 21-22-fevral kunlari bitiruvchi kurslarning barcha ta’lim yo‘nalishlardan bitta guruh tanlanib, amaliy ingliz tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.

SHuningdek test jarayonida talabalar orasida ta’lim sifati bo‘yicha so‘rov o‘tkazildi:

 

18-band. Mutaxassislik fanlarining chet tilida o‘qitilishi holatini va uning institut bo‘yicha salmog‘i va sifatini o‘rganish. Mutaxassislik fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchi-mutaxassislarni qo‘llab-quvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, ularni institut rektoriga (institut Kengashiga) taqdim etish.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarning ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-3151 sonli qarori 5-bandidagi mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘qitishni bosqichma-bosqich tashkil etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institut rektorining 2017 yil 21 oktyabrdagi “Mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘qitishni tashkil etish to‘g‘risidagi” 312-P sonli buyrug‘i imzolangan. Ushbu buyruq bilan tegishli tuzilma va mutasaddi xodimlarga vazifalar belgilab berilgan.

 

19-band. Institutning tarkibiy tuzilmalarida  pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki attestatsiya o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish va institut rektoriga taqdim etish.

 

Institutda ichki attestatsiyani o‘tkazish bo‘yicha buyruq loyihasi ishlab chiqildi va institut rektori tomonidan imzolandi. Unda ishchi guruh tarkibi, o‘tkazish jadvali tasdiqlangan va mutasaddi xodimlarga vazifalar belgilab berilgan.

 

20-band. Institut attestatsiyasi va akkreditatsiyasi jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ichki attestatsiya mexanizmini ishlab chiqish, tegishli ma’lumotlarni tarkibiy bo‘linmalardan olish va jamlangan ma’lumotlar  bazasini shakllantirish.

 

Ma’lumotlar bazasi shakllantirildi, ichki attestatsiya mexanizmi ishlab chiqildi.

 

21-band. Institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish. Iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga, har xil tanlovlar, yoshlar olimlar ilmiy-amaliy loyihalari va ilmiy anjumanlarda ishtirok etishga qiziqtirish va ularni bu borada kengroq jalb qilish ishlariga e’tiborni qaratish. Takliflar tayyorlash va ularni institut rektoriga (institut Kengashiga) taqdim etish.

Iqtidorli talabalar haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

 

Ushbu masalalar ichki attestatsiya jarayonida o‘rganiladi.

 

22-band. Bo‘limning II chorak uchun ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining 2018 yil 26 martdagi  112-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining 2018 yilning II-chorak uchun ish rejasi” tasdiqlandi.

 

 

23-band. Bo‘limning I chorak yakuni bo‘yicha ish rejasining bajarilishi haqida hisobot tayyorlash, uni institut rektori va Davlat inspeksiyasiga taqdim etish.

 

Hisobot tayyorlandi va taqdim etildi.

 

 

 

 

TSNQB boshlig‘i                                                                                      E.A.Mirsalixov