O'quv-uslubiy bo'lim

Institutda o'quv-uslubiy bo'limi o'quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish ishlarini olib boradi. O'quv jarayoni institutning Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan ishchi va o'quv rejalariga qat'iy rioya qilgan holda tashkil etiladi.

O'quv-uslubiy bo'limi yil davomida Davlat o'quv standartlarini bajarish bo'yicha ishlarni nazorat qiladi, dekan va kafedra mudirlari bilan me'yoriy hujjatlarni, kuzgi va bahorgi semestr uchun mashg'ulotlar jadvalini ishlab chiqadi, ta'lim sifati va talabalarning davomati bo'yicha, yordamchi xodimlarning mehnat intizomiga rioya qilishlariga oid ishlarni nazorat qiladi. Shu bilan birga oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga statistik ma'lumotlar bo'yicha hisobot beradi, reyting tizimiga amal qilish, amaliyotni tashkil etish, ilmiy-metodik konferensiyalar tashkil qilish, professor-o'qituvchilarning malakasini oshirish uchun kurslarga yo'llanma beradi. Bitiruv ishlar va dissertatsiya himoyalari hamda fanlararo attestatsiyalari bo'yicha Davlat attestatsiya komissiyalarining hisobotini tuzish kabi ishlar bilan mashg'ul bo'ladi. 

O'quv-uslubiy bo'limi o'quv ishlari bo'yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejasi asosida faoliyat yuritadi. Institut ilmiy-uslubiy kengash ishida, o'quv ishlari bo'yicha prorektor huzuridagi bo'linmalar rahbarlari majlisida qatnashadi. Fakultetlar va kafedralarda o'quv-uslubiy jarayonni tashkil etishni takomillashtirish bo'yicha qabul qilingan qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Professor-o'qituvchilarning fan dasturi, kalendar rejaga muvofiq dars o'tishlarini va mehnat intizomiga rioya qilishlarini hamda o'quv-yordamchi xodimlarning mehnat intizomiga rioya qilishlarini nazorat qiladi. O'quv mashg'ulotlarining borishi, talabalar davomati tekshiruvlarini o'tkazadi. O'quv yili boshida 4-ta'lim shakli bo'yicha statistik hisobot tayyorlash uchun bo'linmalardan ma'lumotlar yig'iladi va shahar statistika boshqarmasiga taqdim qiladi.

Kafedra professor-o'qituvchilari tarkibini tasdiqlashga buyruq loyihasi tayyorlanadi. O'rindoshlik-soatbay yuklamalari asosida ishga kirayotgan professor-o'qituvchilarning xujjatlarini rasmiylashtirishda qatnashadi. Yangi o'quv yili uchun dekanatlardan tezkor rejalarni yig'iladi, tahlil qilinadi. Yangi o'quv yili uchun o'quv jarayoni grafigini tuzadi. Navbatdagi o'quv yiliga o'quv-uslubiy va moddiy-texnikaviy ta'minotga talabni tahlil qiladi. 

Kafedralardan dars jadvali tuzish uchun ma'lumotlar yig'iladi, tahlil qilinadi va "Dars jadvalini tuzish" yo'riqnomasi asosida dars jadvali tuziladi. Tuzilgan dars mashg'ulotlari jadvalini dekanatlar bilan kelishiladi, auditoriyalar tahlil qilinadi. Navbatdagi o'quv yiliga ish xujjatlarini yangilash, o'quv jarayonini tashkil qilish uchun me'yoriy-uslubiy xujjatlarni tayyorlash ishlarini olib boradi. Professor-o'qituvchilarning reyting tizimiga amal qilishi, joriy va oraliq nazorat natijalari tahlil qilinadi. Kafedralar professor-o'qituvchilarining asosiy, o'rindoshlik va soatbay yuklamalarini bajarishi nazorat qilinadi. Kafedralar bo'yicha ajratilgan yuklamalar fondidan foydalanishi tahlil qilib boriladi.

Kuzgi va bahorgi semestr yakunlarini tahlil qiladi, ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga yuboriladi hamda institut Ilmiy kengashiga ma'lumot tayyorlanadi. Bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzularini institut rektori tomonidan tasdiqlash uchun mutaxassislik kafedralardan ma'lumotlar yig'iladi, tahlil qilinadi va buyruq loyihasi tayyorlanadi. 

Talabalarning malakaviy amaliyotlari bo'yicha bitiruvchilar tayyorlaydigan kafedralardan rejalar yig'ilib, tahlil qilinadi va malakaviy amaliyotlari rejasini tuzish uchun "O'zbekiston temir yo'llari" DATKga taqdim etiladi. Institutda talabalarning o'quv va ishlab chiqarish amaliyotlari o'quv jarayoni grafigi, hamda "Talabalarning malakaviy amaliyoti to'g'risida"gi Nizom asosida olib boriladi. Talabalar amaliyoti asosan "O'zbekiston temir yo'llari" DATK korxonalari, muassasa va tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil qilinadi. Talabalarning malakaviy amaliyoti tugaganidan so'ng amaliyot rahbarlaridan hisobot yig'ilib, tahlil qilinadi, natijalari haqida institut Ilmiy Kengashiga ma'lumot tayyorlanadi. O'quv yilida malakaviy bitiruv ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari himoyasini o'tkazish uchun ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklar bo'yicha DAK raisligiga nomzodlar ro'yxatini fakultetlardan yig'ib olinadi va tahlil qilinib, tasdiqlatish uchun "O'zbekiston temir yo'llari" DATK hamda O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga taqdim etiladi. 

Davlat attestatsiyasi komissiyasi ishini tashkil qiladi va kerakli xujjat nusxalarini tayyorlaydi. O'quv jarayonida belgilangan muddatda fanlar bo'yicha va bitiruv ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari himoyalari bo'yicha Davlat attestatsiyasi o'tkazilishi nazoratini olib boradi va tahlil qiladi. O'tkazilgan Davlat attestatsiyasi komissiyasi hisobotlari yig'iladi, tahlil qilinadi va Davlat Attestatsiyalari natijalari haqida institut Ilmiy Kengashiga ma'lumot tayyorlaydi  hamda O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga yuboriladi. Kadrlarning ilmiy salohiyati va turli fan sohalarining rivojlanishi pedagogik kadrlarning kasbiy va uslubiy tayyorgarligiga, ularning tajriba va mahorati oshirilishiga bog'liqdir.

Institut o'quv-uslubiy bo'limida professor-o'qituvchilarning malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash yaxshi yo'lga qo'yilgan. Oxirgi 3 yil mobaynida 180 nafar (57,3 %) professor-o'qituvchilar malakalarini oshirib qaytdilar. Professor-o'qituvchilar malakasini oshirish bo'yicha Rossiya Federatsiyasi oliy ta'lim muassasalari bilan imzolangan bir qator shartnomalar asosida institut professor-o'qituvchilarining malakasini oshirishi rejalashtirilgan.  

Kalendar yil bo'yicha malaka oshirish rejasini tuzish uchun, kafedralardan ma'lumotlar yig'ilib, professor-o'qituvchilarning malaka oshirishi tahlil qilinadi va tasdiqlatish uchun O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga taqdim etiladi. Yil davomida tasdiqlangan reja asosida professor-o'qituvchilarni malaka oshirish muassasalariga yuborish to'g'risida buyruq loyihalari tayyorlanadi hamda yangi yil boshida institut Ilmiy kengashiga ma'lumot tayyorlaydi. Kafedralarda "Ochiq leksiyalarni tashkil etish va o'tkazish to'g'risida"gi Nizomga muvofiq ishlar olib boriladi. O'tkazilgan har bir ochiq leksiyada ishlab chiqarish va ilmiy tekshirish institutlari vakillari mutaxassis-ekspert sifatida ishtirok etadilar. Ekspertlar tomonidan berilgan baholar kafedralar va fakultet ilmiy kengashlarida muhokama qilinadi. O'tkazilgan ochiq leksiyalarda o'qitishning texnik vositalari, ilg'or pedagogik va axborot texnolgiyalaridan keng foydalaniladi. Ochiq leksiyalarni muhokama qilishga bag'ishlangan kafedra majlislariga tashqi ekspertlar taklif etiladi, ular ishtirokida tegishli qarorlar qabul qilinadi. Ochiq ma'ruzalarning samaradorligi o'quv jarayonini takomillashishida namoyon bo'lmoqda, jumladan yangi pedagogik texnologiyalarni yoyishda, yosh pedagoglarning tajribalari oshishida kuzatilmoqda.

O'quv yili yakunida institut kafedralarining o'quv yilidagi faoliyati bo'yicha hisobotlari o'tkaziladi. Kafedralardan o'quv yili faoliyati bo'yicha hisobot va yangi o'quv yiliga tayyorgarlik dalolatnomalari yig'iladi, tahlil qilinib hisobotlarni o'tkazish tashkillashtiriladi. Kafedralarning o'quv yili faoliyati bo'yicha hisoboti va taqdimoti tahlil qilinadi, institut Ilmiy kengashiga ma'lumot tayyorlaydi.

O'quv jarayoni sifatini oshirishga qaratilgan chora tadbirlarga talabalarni zamonaviy o'quv adabiyotlar bilan ta'minlash ham kiradi. Institutda fanlarni o'quv adabiyotlari bilan ta'minlashga katta e'tibor beriladi. Bugungi kunda o'quv-uslubiy bo'lim quyidagi tarkibga ega: bo'limga G.J.Xalbayeva rahbarlik qilmoqda. U institutning o'quv-uslubiy ishlarining rivojida o'zining munosib hissasini qo'shib kelyapti. 

Bo'limda:

uslubchi - R.Mirzahmedova;

inspektorlar - G.Yusupova, D.Shadiyeva;

statist - Z. Raupova;

dispetcherlar - O.Shaxnyuk., I.Trifonovalar faoliyat yuritishmoqda.

"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida rivojlanib borayotgan temir yo'l tarmog'iga yangi avlod texnik kadrlar tayyorlashni asosiy maqsad qilib, ta'lim jarayonini to'g'ri tashkil qilish va amalga oshirish vazifalarini bajarishda o'quv-uslubiy bo'limi munosib hissa qo'shib kelmoqda.