Scientific activity

Institut O`quv-uslubiy faoliyati respublika temir yo`l tarmog`i uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining asosiy bo`g`ini hisoblanadi. O`quv ishlari mohiyati uning kundalik tezkor masalalarni hal qilishda, shuningdek kafedralar, fakultetlar, institut bo`limlari ishini muvofiqlashtirishda ham aniq, muayyan tizimga rioya qilinishini, bu o`znavbatida professor-o`qituvchilar tarkibining pedagogika mahoratini, barcha turdagi o`quv mashg`ulotlari va amaliyot o`tkazilishini doimiy takomillashtirish, o`quv jarayoniga ilg`or pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish, o`quv laboratoriya bazasini rivojlantirish va yangilash, axborot-resurs fondini yangilash va to`ldirib borishni ko`zda tutadi. O`quv jarayonining umumiy tuzilishi institut Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan ishchi rejalariga muvofiq amalga oshiriladi. O`quv mashg`ulotlari jadvali ma`ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlarining asosan ixtisoslashgan auditoriyalar, O`quv xonalari va laboratoriyalarda o`tkazilishini ko`zda tutadi. Katta kurslarda talabalar kurs ishlari va loyihalarini bajaradilar. O`quv jarayoni zamonaviy kompyuterlar va boshqa vositalar bilan to`liq ta`minlangan. O`rta hisobda har to`rt talabaga bittadan kompyuter to`gri keladi. Yangi o`quv yo`nalishlari va mutaxassisliklarini o`quv-uslubiy jihatdan ta`minlash bo`yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, institut professor – o`qituvchilar tarkibi tomonidan muayyan tartibda transport tashish ishlarini tashkil etish va transport logistikasi, informatika va axborot texnologiyalari, shuningdek xalqarotashish ishlari va transport logistikasi mutaxassisligi bo`yicha Davlat ta`lim standartlari ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Institut talabalarining o`quv va ishlab chiqarish amaliyoti o`quv jarayoni hamda "Talabalarning malaka amaliyoti to`grisida" gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Talabalar amaliyoti "O`zbekiston temir yo`llari" DATK korxonalari, muassasalari va tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etiladi.

Institutda quyidagi amaliyot turlari o`tkaziladi:

  • tanishuv amaliyoti;
  • o`quv amaliyoti;
  • kompyuterlashtirish bo`yicha amaliyot;
  • o`quv-geodeziya va o`quv-geologiya amaliyoti;
  • ishlab chiqarish amaliyoti;
  • bitiruv (diplomoldi) amaliyoti.

Har bir amaliyotning maqsadi, muddatlari va mazmuni davlat ta`lim standartlari, amaliyot o`quv rejalari va dasturlarida belgilangan. Talabalar amaliyoti o`quv jarayonining bevosita davomi hisoblanib, u bakalavriat yo`nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari fanlari nazariy qismini mustahkamlashga yo`naltirilgan. Institutning o`n to`qqiz kafedrasi tashkilotlar, ishlab chiqarish korxonalari tarkibida o`z filiallariga ega bo`lib, o`n bitta kasb-hunar kollejlari bilan o`zaro hamkorlik aloqalari o`rnatilgan. Ba`zi laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarni filiallarda o`tkazish, talabalar amaliyoti va bitiruv malaka ishlariga tashkilotlar va ishlab chiqarish mutaxassislarini rahbar etib tayinlash, ularning davlat attestatsiyasida komissiyaraisi va a`zolari sifatida ishtirok etishi kabi o`zaro foydali hamkorlik turlari yo`lga qo`yilgan. Kadrlar ilmiy potensiali va turli tarmoqlar taraqqiyoti pedagog kadrlarning kasbiy va uslubiy tayyorgarlik darajasiga, ularning tajribasi hamda mahorat darajasini oshirib borishiga bog`liqdir. Institutda professor – o`qituvchilar tarkibi malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishlari yaxshi yo`lga qo`yilgan. So`nggi uch yil ichida 127 ta professor – o`qituvchi, shundan sakkiztasi xorijda, o`z malakasini oshirgan.