Research and innovation

ToshTYMI o`z yo`nalishi bo`yicha Markaziy Osiyoda yetakchi ilmiy-analitik markazlardan biridir. Barcha tayyorgarlik yo`nalishlarida tabiiy, texnika va qurilish fanlari sohalari bo`yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda. Ular ishlab chiqarish jarayonlarining keng spektrini qamrab olgan bo`lib, bunda konsepsiya yaratishdan boshlab to uning amaliy tatbiq etilishiga qadar ilg`or ilmiy g`oyalar ta`lim jarayoniga joriy etib boriladi. Ilmiy va innovatsiya ishlari fundamental va amaliy tadqiqotlarni taraqqiy ettirish, ilmfan talab qiladigan mahsulotlar yaratish, zamonaviy ishlab chiqarish va jamiyatning ehtiyojlarini qondirish, ta`lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan. Ilmiy tadqiqotlarning ta`lim jarayoni hamda ishlab chiqarish bilan o`zaro bog`liqligi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab chiqarish kafolatini ta`minlaydi. ToshTYMI innovatsiya infratuzilmasining eng muhim elementlari - ilmiy-texnik kengash, zamonaviy ilmiy-texnik adabiyotlarni saqlash ilmiy-texnika kutubxonasi, bazaviy kafedralar, ilmiyuslubiy laboratoriyalardir. Institut olimlari faoliyatining ustuvor yo`nalishlari quyidagilar:

  • tashish jarayonini va texnika vositalarini takomillashtirish;
  • yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlar harakatini joriy etish va ular xavfsizligini ta`minlash;
  • moddiy va energetika resurslaridan samarali foydalanish;
  • temir yo`llar va ulardagi sun`iy inshootlar monitoringi.

Institut ?uyidagi tadbirlarda ishtirok etadi:

  • Xalqaro, respublika va tarmoq (tarmoqlararo) innovatsiya dasturlari va loyihalarida;
  • O`zR FA fundamental tadqiqot dasturlarida;
  • Tabiiy fanlar va texnika fanlari sohalaridagi fundamental tadqiqotlar bo`yicha grantlar olish uchun tanlovlarda;
  • Korxonalar va tashkilotlarning xo`jalik va boshqa shartnomalari asosidagi buyurtmalari bo`yicha ishlarni bajarishda.

Ilm-fan va texnikaning dolzarb muammolari yuzasidan yillik va davriy anjumanlar, seminarlar va davra suhbatlari otkazib boriladi. Institut olimlarining temir yo`l transporti sohasidagi ilmiy tadqiqotlari hamda ishlanmalarining amaliy natijalari O`zbekistonda va xorijda tobora keng qo`llanilmoqda. Institut olimlari tomonidan harakatdagi tarkibni ta`mirlashning yangi texnologiya jarayonlari ishlab chiqilib, ishlab chiqarishga tatbi? etilgan, lokomotiv va vagonlarni modernizatsiyalash va ularning xizmat muddatini uzaytirish uslubiyotlari ishlab chiqilgan. Andijon mexanika zavodida tayyorlanadigan vagon sisternalarni sinovdan o`tkazish uslubiyoti ishlab chiqilib, joriy etildi va u har yili taxminan 100 mln. So`mga yaqin mablag` tejash imkonini beradi. Institut olimlarining ishlanmalari temir yo`l harakatdagi tarkibini loyihalash, undan foydalanish va ta`mirlashda, "Toshguzar-Boysun-Qumqo`rg`on" yangi temir yo`l liniyasi qurilishida, Toshkent-Angren uchastkasini elektrlashtirishda, shuningdek Toshkent Samarqand uchastkasida "Afrosiob" tezyurar elektrpoyezdini foydalanishga topshirishda qo`llashga joriy etilgan. Kafedralarning ilmiy-pedagogik salohiyatini yanada kuchaytirish maqsadida muayyan ishlar olib borilmoqda. Xususan, institutda nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo`yicha ixtisoslashtirilgan kengash faoliyat ko`rsatmoqda. So`nggi to`rt yil davomida bir martalik ixtisoslashtirilgan kengashlarda 12 ta nomzodlikva 6 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. 13 ta aspirantura va 1 doktorantura mutaxassisligi bo`yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Pedagog kadrlar tayyorlash va ilmiy tadqiqot ishlari sohasida institut temir yo`l sohasining yetakchi xorijiy OO`Yu lari bilan yaqindan hamkorlikni yo`lga qo`ygan. Moskva (MIIT) va Peterburg (PGUPS) yo`l universitetlarida "O`TY" DATK moliyaviy ta`minoti hisobiga kontrakt asosida 32 ta aspirant ta`lim olmoqda. 2010 yilda aspiranturaning dastlabki bitiruvchilari (12 kishi) Toshkentga qaytib, mehnat faoliyatini boshladilar. Shuningdek Moskva po`lat va qotishmalar instituti (MISiS) (bugungi kunda Milliy tadqiqot texnologiya universiteti) bilan ham shartnoma tuzilgan. Institutning 75 nafar talabasi hozirda MIIT, PGUPS, MISiS bilan kelishuv asosida temir yo`l mutaxassisliklari bo`yicha ta`lim olmoqdalar.