Elektron ta’limni joriy etish markazi

Elektron ta’limni joriy etish markazi O’zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi 2012 yil 25 iyuldagi 314 sonli qaror bajarish bo’yicha institute rektoroning 2012 yil 6 sentabrdagi 269- Y sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan.

ETJEM institute mustaqil bo’linmalaridan hisoblkanadi va bevosita o’quv ishlari bo’yicha prorektor rahbarligid ish olib boradi. ETJEM o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonun , O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2012 yil 25 iyuldagi 228 sonli qarori va “O’zbekiston respublikasi Oliy va O’rta ta’lim vazirligining 2012 yil 28 iyuldagi 314 sonli O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi qoshida electron ta’limni tadbiq etish markazini tashkil qilish to’g’risida” gi qarori O’zbekiston Respublikasi meyoriy dalolatnomalari institut Nizomi, institut Ilmiy Kengash qarorlari, rektor, o’quv ishlari bo’yich prorektor buyruqnomalari asosida ish olib boradi. ETJEM ning asosiy vazifalari:

  • institutning “Elektron ta’lim” tarmog’i faoliyatini ma’muriyatlashtirishni amalga oshirish;
  • axborot komunikatsiyasi texnalogiyalari, video konferensiyalar-o’quv jarayoniga masofali o’qitish va ilmiy tadqiqot ishlarni tadbiq etish loyihalari ishlab chiqish;
  • “Elektron ta’lim” tizimi va “Elektron kutubxona” resurslaridan institut professor-o’qituvchilari va talabalarining samarali foydalanishini tashkil etish;
  • Institute kompyuter parki va kommunikatsion jihozlarni yangilash bo’yischa takliflar ishlab chiqish;
  • ETJEM ga biriktirilgan o’quv xonalarda o’qish jarayonini rejalashtirish tashkil etish, muvofaqqiyatlashtirish va tezkor boshqarish;
  • O’quv va uslubiy ishlarni takomillashtirishga yo’naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlanmalarni tadbiq etishni tashkillashtirish, o’quv jarayonini boshqarishda mehnatni ilmiy tashkil etishni tadbiq etish, o’quv jarayonini axborotlashtirish va o’qitishning yangi pedagogik usullarini umumlashtirish va ommalashtirish;
  • O’quv jarayonini o’quv –uslubiy, meyoriy, va tashkiliy ishlarni axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tadbiq etish
  • O’quv jarayoniga innovatsion ta’lim texnologiyalari va o’qitishning istiqbolli formalarini (shakllarini) tadbiq etish;
  • O’quv jarayonining samaradorligini oshirish uchun axborot texnologiyalarini qo’llagan holda ilg’or tajribani tadbiq etish;
  • Mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish maqsadida institut bo’linmalarining hamkorligini tashkillashtirish, o’quv jarayonini zamonaviy talablarga muvofiq modernizatsiyalash, institute ta’lim faoliyatining strategiyasini rivojlasntirishni amalgam oshirish;
  • O’quv ishlarini sifatli tashkillashtirish va boshqarish o’quv jarayoniga yangi acxborot texnalogiyalari , zamonaviy o’quv vositalarini tadqbiq etish shart-sharoitlarni yaratish;

Elektron ta’limni joriy etish markaziga quyidagi o’quv xonalari biriktirilgan:

  • multimediali ma’ruza xonalari – 483, 490;
  • kompyuter sniflari – 488, 492, 493, 494;
  • kompyuter zallari – 228, 230;
  • fakultetlararo kompyuter sniflari – 243, 219;

Elektron ta’limni joriy etish markazi tarkibiga innovatsion o’quv markazi kiritilgan bo’lib, quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • biriktirilgan kompyuter zallari va sinflarida o’quv jarayonini rejalashtirish, muvofiqlashtirish va tashkillashtirishni amalgam oshiradi;
  • talabalarni test sinovlaridan o’tkazishni tashkil etish, joriy, oraliq, yakuniy nazorat test savollari paketini yaratish hamda qoldiq bilimni tekshirish jarayonini tashkil etish;
  • magistratura va bakalavriyat talabalarining o’quv mashg’ulotlaridan bo’sh vaqtlarida kurs loyihalari, referatlar, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari ustida individual ishlarini ta’minlash.