Xorijiy fuqarolar qabuli

Xorijiy fuqarolarni oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish haqida

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2008 yil 4 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga xorijiy fuqarolarni qabul qilish va o'qitish tartibini takomillashtirish to'g'risida"gi 169-sonli qarori va mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga asosan xorijiy fuqarolar test sinovlari topshirish yo'li bilan o'qishga qabul qilinadi.

Xorijiy fuqarolar uchun test sinovlari O'zbekiston fuqarolari uchun o'rnatilgan muddatda, ya'ni 1 avgust kuni bo'lib o'tadi. Hujjatlarning oxirgi qabul qilish muddati - 20 iyul.

Xorijiy fuqarolarning xujjatlari OTM qabul komissiyasi tomonidan quyidagi ro'yxatga asosan qabul qilinadi.

  • F.I.Sh., fuqaroligi va ta'lim yo'nalishi ko'rsatilgan rektor nomiga ariza;
  • Milliy pasport kopiyasi;
  • Xorijiy fuqaro uchun O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasining kopiyasi (Вид на жительство) - agar mavjud bo'lsa;
  • Xorijiy fuqaroning o'rta yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotini tasdiqlovchi shahodatnoma /diplom/ sertifikatning o'zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan kopiyasi;
  • Tibbiy ma'lumotnoma (086 shakli);
  • Fotosurat (3,5x4,5) - 6 dona.

Xorijiy fuqarolarning hujjatlari faqat mazkur davlatning milliy fuqarolik pasporti asosida qabul qilinadi va ular milliy fuqarolik pasport kopiyasini topshiradilar. Shu bilan birga, agar xorijiy fuqaro O'zbekiston Respublikasida yashash guvoxnomasiga (Вид на жительство) ega bo'lsa, ushbu holatda xorijiy fuqaroning milliy pasporti kopiyasi bilan birga O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi kopiyasi ham topshiriladi. Qayd etilgan toifadagi fuqarolar ham O'zbekiston Respublikasida doimiy ravishda istiqomat qilayotgan xorijiy fuqaro hisoblanib, yuqorida ko'rsatilgan xorijiy fuqarolar uchun o'rnatilgan tartibda xujjat topshiradilar.

Xorijiy fuqarolar o'qishga faqat to'lov-shartnoma asosida qabul qilinib, ular to'lovlarini xorijiy fuqarolar uchun belgilangan miqdorida amalga oshiradilar. Xorijiy fuqarolar o'qish uchun to'lovlarini chet el valyutasi ekvivalentida, Markaziy bank tomonidan to'lov kunida belgilangan kurs asosida milliy valyutada amalga oshiradilar. Shu bilan birga xorijiy fuqarolar to'lov amalga oshirilganligi to'g'risidagi bank to'lov toshpiriqnomasi yoki kvitansiyasi bilan birga O'zbekiston Respublikasi banklarida chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlanganligi to'g'risida sertifikatni ham topshiradilar.

O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo'lgan xorijiy fuqarolar bundan mustasno. 

Ular to'lovlarni chet el valyutasi ekvivalentida, Markaziy bank tomonidan to'lov kunida belgilangan kurs asosida, milliy valyutada amalga oshiriladilar. Ulardan chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlanganligi to'g'risidagi sertifikat talab etilmaydi.

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risidagi qonuni"ning 4-moddasiga asosan O'zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan va "Fuqaroligi yo'q shaxs uchun O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi"ga ega bo'lgan shaxslar barcha O'zbekiston Respublikasi fuqarolari kabi umumiy tartib asosida xujjat topshiradilar va o'qishga qabul qilinadilar.