TASHISHNI TASHKIL ETISH VA TRANSPORT LOGISTIKASI

“Tashishni tashkil etish va transport logistikasi” fakulteti

Fakultet quyidagi ta'lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlamoqda:

5620100 – Tashishni tashkil etish va transport logistikasi (temir yo’l transporti);
5610600 – Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi (temir yo’l transporti);
5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (temir yo’l transporti);

Ta'lim yo’nalishlarining qisqacha tavsifi

5620100 –Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi (temir yo’l transporti) bakalavriat ta’lim yo’nalishi – fan va texnika sohasidagi ta’lim yo’nalishi bo’lib, u temir yo’l transportidan unumli foydalanishga, harakat xavfsizligini  ta’minlashga yo’naltirilgan inson faoliyati vositalari, usullari va yo’llari majmuini  qamrab oladi.
    Yo’nalish bo’yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuklari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy faoliyati sohalarida qo’shimcha va o’zgarishlar mumkin.
5620100 –Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi (temir yo’l transporti) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari: transport jarayonlari va ilmiy- tadqiqot jarayoni.
    Yo’nalish bo’yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuklari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy faoliyati ob’ektlarida qo’shimcha va o’zgarishlar mumkin.
5620100 –Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi (temir yo’l transporti) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:
–    transport va texnikaviy vositalar ishini tashkil etish va boshqarish;
–    temir yo’l transporti ishiga tezkor suratda rahbarlik qilish;
–    temir yo’l transportida yuk va tijorat ishlarini tashkil qilish;
–    yuklarni ortish va tushirish ishlarini tashkil etish;
–    tashish jarayonida foydalaniladigan transport va texnikaviy vositalarini tanlash;
–    turli temir yo’l stansiyalarining, yuk saroylarining, konteyner maydonlarining ishini tashkil etish;
–    stansiyalar texnologik jarayonlarini va korxonalar tarmoq temir yo’llarining yagona texnologik jarayonlarini ishlab chiqish;
–    yo’lovchilarni tashishni tashkil etish,  poezdlar harakati grafigini ishlab chiqish va uning bajarilishini nazorat qilish;
–    poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash;
–    tashiladigan yuklarning yaxshi saqlanishini ta’minlash;
–    kompьyuter texnologiyalari va dasturlanishi;
–    bilimlar injeneriyasi;
–    tizimli yondoshuv mexanizmlarini tatbiq etish.

5610600 – Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi (temir yo’l transporti) – fan va texnika sohasidagi ta’lim yo’nalishi bo’lib, u temir yo’l transportidan unumli foydalanishga, harakat xavfsizligini ta’minlashga yo’naltirilgan inson faoliyati vositalari, usullari va yo’llari majmuini qamrab oladi.
    Yo’nalish bo’yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuklari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavlarning kasbiy faoliyati soxalarida qo’shimcha va o’zgarishlar mumkin.
5610600 – Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi (temir yo’l transporti) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari – ta’lim jarayonida mos kasb-hunar kollejlaridagi o’quv-tarbiya jarayoni, ishlab chiqarishda: raz’ezdlar, quvib o’tish punktlari, oraliq, uchastka, saralash, texnik va yo’lovchi stansiyalarining texnologik jarayonlari, ularni qayta qurish va loyihalash, yuk – tijorat ishlariga va yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish,  tiklash vositalari va tizimlaridan foydalanish, konteynerlar, minorali kranlar, chor poyali kranlar, avtoyuklagichlar, elevatorlar, konveynerlar, transporterlar, vagonlar, lokomotivlar, maxsus harakat tarkiblari, transportni boshqarish.
    Yo’nalish bo’yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuklari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavlarning kasbiy faoliyati ob’ektlarida qo’shimcha va o’zgarishlar mumkin.
5610600 – Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi (temir yo’l transporti) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:
–    transport logistikasi va texnik vositalar ishini tashkil etish va xizmatini ko’rsatish;
–    yangi temir yo’l yo’nalishlarini, temir yo’l vokzallarini, bekatlarini va uzellarini zamonaviy texnik vositalari yordamida loyihalash ishlarini bajarish;
–    temir yo’l transportida yuk va tijorat ishlarini boshqarish;
–    yuk va tijorat ishlarida xizmat ko’rsatish;
–    temir yo’l transporti ishidagi tashish jarayonlarida rahbarlik qilish;
–    tashish jarayonida foydalaniladigan transport va texnikaviy vositalarini tanlash;
–    turli temir yo’l stansiyalarining, yuk saroylarining, tashish jarayonlaridagi texnik vositalarini, yuk ortib-tushirish omborlarining, maydonlarining texnologik ishini tashkil etish;
–    stansiyalar texnologik jarayonlarini va korxonalar tarmoq temir yo’llarining yagona texnologik jarayonlarini ishlab chiqish;
–    yo’lovchilarni tashishni tashkil etish, yo’lovchilarga xizmatin ko’rsatish, poezdlar harakati grafigini ishlab chiqish va uning bajarilishini nazorat qilish;
–    poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash;
–    tashiladigan yuklarnig yaxshi saqlanishini ta’minlash va o’z vaqtida etkazib berishni ta’minlash;
–    tizimli yondoshuv mexanizmlarini tatbiq etish.
5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (temir yo’l transporti) bakalavriat ta’lim yo’nalishi – fan, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasidagi yo’nalish bo’lib, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish, temir yo’l transporti avtomatika va telemexanika tizimlariga texnik xizmat ko’rsatish, samarali texnik xizmat ko’rsatish jarayonida foydalaniladigan signallashtirish, markazlashtirish, blokirovka qurilmalari va texnikaviy vositalarni tanlash, temir yo’l transportining stansiyada, peregonda, dispetcherlik markazlashtirishda, saralash stansiyalarida poezdlar harakatini boshqarishni tashkil etish, avtomatika va telemexanika qurilmalarining sozligini nazorat qilish va ta’mirlash, poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, temir yo’l avtomatika va telemexanika zamonaviy tizimlarni loyihalash va ishlab chiqish, temir yo’l transportidagi texnik tizimlar, yuqori samarali texnologik apparatlar va uskunalar, ularni nazorat qilish tizimlari, ularni ishga tushirish usullari va vositalari, foydalanish va texnik xizmat ko’rsatish, nazorat qilish, tartibga solish va boshqarish jarayonlarini tashkillashtirish bilan bog’liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
    Yo’nalish bo’yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavlarning kasbiy faoliyati sohalarida qo’shimcha va o’zgarishlar bo’lishi mumkin.
5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (temir yo’l transporti) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari – temir yo’l transportidagi texnik tizimlar, yuqori samarali texnologik apparatlar va uskunalar, ularni nazorat qilish tizimlari, ularni ishga tushirish vositalari, shuningdek, nazorat qilish, tartibga solish va boshqarish tizimi uchun loyiha texnik hujjatlar, ishorat va aloqa distansiyalari, signallashtirish, markazlashtirish, blokirovka qurilmalari va texnikaviy vositalar, stansiya va peregonlarda poezdlar harakatini boshqarish va nazorat etish tizimlari.
    Yo’nalish bo’yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavlarning kasbiy faoliyati ob’ektlarida qo’shimcha va o’zgarishlar mumkin.
5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (temir yo’l transporti) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

  • temir yo’l transporti avtomatika va telemexanika tizimlariga texnik xizmat ko’rsatish;
  • temir yo’l transportining stansiyada, peregonda, dispetcherlik markazlashtirishda, saralash stansiyalarida poezdlar harakatini boshqarishni tashkil etish;
  • avtomatika va telemexanika qurilmalarining sozligini nazorat qilish va ta’mirlash;
  • poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash;
  • temir yo’l avtomatika va telemexanika zamonaviy tizimlarni loyihalash va ishlab chiqish;
  • kompyuter texnologiyalari va dasturlanishi;
  • bilimlar injeneriyasi;
  • tizimli yondoshuv mexanizmlarini tatbiq etish.