Maxsus sirtqi bo‘lim

2017 yil 5 may kuni imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi Qarorida Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining maxsus sirtqi bo‘limida to‘lov-kontrakt asosida 80 nafar bakalavr tayyorlash belgilab qo‘yilgan.

5310200 - Elektr energetikasi, 5310600 - Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi, 5310700 - Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va  elektr texnologiyalar, 5311000 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish, 5330200 - Informatika va axborot texnologiyalar, 5340200 - Bino va inshootlar qurilishi, 5340400 - Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji, 5340600 - Transport inshootlari ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limga talabalarni qabul qilish nazarda tutilgan.

Maxsus sirtqi bo‘limda o‘qish 2017/2018 o‘quv yili uchun tasdiqlanadigan o‘quv dasturlari asosida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mo‘ljallangan. 

Maxsus sirtqi bo‘limning ta’lim yo‘nalishlariga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta’lim yo‘nalishiga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uch yil temir yo‘l sohalarida amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, ishlab turgan temir yo‘l sohasidan tavsiyanoma berilgan kadrlar hisobidan amalga oshiriladi.

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining maxsus sirtqi bo‘limida 2017/2018 o‘quv yilida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlari

Shifr

Ta’lim yo‘nalishlari

Jami

shu jumladan

Davlat grantlari asosida

To‘lov-kontrakt asosida

 

 

OTM bo‘yicha jami

80

0

80

1

5310200

Elektr energetikasi (temir yo‘l transporti)

10

0

10

2

5310600

Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (lokomotivlar, vagonlar)

10

0

10

3

5310700

Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (temir yo‘l transporti)

10

0

10

4

5311000

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (temir yo‘l transporti)

10

0

10

5

5330200

Informatika va axborot texnologiyalari (temir yo‘l transportida)

10

0

10

6

5340200

Bino va inshootlar qurilishi (temir yo‘l binolari, temir yo‘llar)

10

0

10

7

5340400

Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (temir yo‘l transportida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari)

10

0

10

8

5340600

Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (temir yo‘llar)

10

0

10