Yangi mega loyiha – ommaviy sport festivaliga start berildi

Toshkent davlat transport universiteti rektori tashabbusi bilan 5-10 yanvar kunlari «Yangi yil musobaqalari: birdamlik va shijoat sari!” shiori ostidagi yangi mega loyiha – ommaviy sport festivaliga start berildi.

Aqliy mehnat sohiblari hayotida sog‘lom turmush tarzi va jismoniy tarbiyani rolini oshirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib, bunga erishish uchun ta’lim muassasalarida yetarli sharoit yaratish hamda ishlarni tizimli ravishda tashkil etishni taqozo etadi.


Universitet professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarini jismoniy va sport ishlariga jalb qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning hayotida sog‘lom turmush tarzi va jismoniy tarbiyani rolini oshirish bo‘yicha qator amaliy ishlar o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan 5 yanvar kuni talabalarning ta’til davridan unumli foydalanib, «Yangi yil musobaqalari: birdamlik va shijoat sari!” shiori ostidagi yangi mega loyihaga start berildi.

Festivalning ochilish marosimida universitet rektori Odil Abdurahmonov istirok etdi va sport bayrami bilan ishtirokchilarini qutladi.

Marosimda taniqli sport ustalari bilan bir qatorda universitet o‘qituvchi va xodimlari farzandlarining sport chiqishlari ham kuzatildi.

5-10 yanvar kunlari professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar sportning mini-futbol, voleybol, badminton, armrestling, stol tennisi hamda darts turlarida yakkalik, jamoaviy, juftlik va miks yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi.

Shuningdek, festival doirasida shaxmat bo‘yicha Rektor kubogi sohibi aniqlanadi.

«Yangi yilga sport bilan!” shiori ostidagi ommaviy sport festivali so‘nggi bosqichi “Xojikent” dam olish zonasida tashkil etiladi.

P.S:Universitet matbuot xizmati barcha ishtirokchilarga omad tilaydi.

Axborot xizmati.