Xorijdagi yurtimiz yoshlari salohiyatidan samarali foydalanish tarafdorimiz

Toshkent davlat transport universitetida AQCh“Amazon” kompaniyasining moliyaviy tahlilchisi, yurtdoshimiz Elyorjon Shonazarov bilan onlayn seminar tashkil etildi.

Kafedralar tashabbuslari nafaqat universitetning ichki hayoti bilan bog‘liqligini, balki transport tizimi uchun ahamiyatini hisobga olgan holda amaliy ijrosiga katta e’tibor qaratilmoqda.

Shu jihatdan Iqtisodiyot kafedrasi “ta’lim tizimi sifati o‘qituvchi sifatidan yuqori bo‘lmaydi”tamoyili asosida yondashib, yuqori malakali xorijlik vatandoshlarimizni ta’lim jarayoniga jalb etib kelmoqda.

Bir oy davomida Iqtisodiyot kafedrasi professor-o‘qituvchilari ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari ham tinglovchi, ham o‘qituvchi sifatida ishtirok etgan Elyorjon Shonazarov bilan transport iqtisodiyoti ta’limidan olgan taassurotlari bilan fikr almashish va universitet yoshlariga o‘z xayotiy tajribalarini o‘rtoqlashish maqsadida onlayn veb-seminar tashkil etildi.

 Shuningdek, seminarda transport xizmatlarini boshqarish hamda monitoring qilishning iqtisodiy modellari to‘g‘risida fikr almashildi. Logistika jarayoni bilan tanishish, masofaviy xizmat va tovarlarni etkazish, bozor kon’yukturasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarini qayta ishlashda qo‘llaniladigan zamonaviy yondoshuvlar va olingan natijalarni tahlil qilishga doir yangi bilimlar tahlil qilindi.

– Xorijdagi yurtimiz yoshlari salohiyatidan samarali foydalanish tarafdorimiz, – deydi Iqtisodiyot kafedrasi mudiri Saodat Yuldasheva. – Talabalarning ma’lumotlarni eslab qolish qobiliyatiga emas, balki egallagan bilimlarini real xayotiy vaziyatda qo‘llay olish, mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyati baholanadi. Ayni shu nuqtai nazardan ham iqtisodiyot ta’limi sohasiga malakali mutaxassislarni muntazam jalb etish muhim ahamiyatga ega.

Seminar ishida universitet rektori Odil Abdurahmonov ishtirok etdi va seminar ishtirokchilari bilan fikr almashdi.

 

Universitet rahbariyati tomonidan seminarni tashkillashtirish va o‘tkazishda faollik ko‘rsatgan Iqtisodiyot kafedrasi professor-o‘qituvchilari Saodat Yuldasheva, Farog‘at Shokirova, Gulnora Shodieva va Iqtisodiyot fakulteti talabasi Mirjalol Rajabovga minnatdorchilik bildirildi.

Axborot xizmati