Konstitutsiya- demokratiya poydevori

Hozirgi kunda yer yuzida mavjud davlatlarning deyarli barchasi o‘zlarining erkin siyosati, tili, davlat ramzlariga ega. Ammo ularning hammasi ham o‘z konstitutsiyasiga ega emas.

Milliy ramzlar qatorida tilga olinadagan konstitutsiyaga bizning mamlakatimiz ham ega ekanligi bizning baxtimiz albatta. Ulug’ ajdodlarimizning asriy armonlari, erkin xayot, farovon jamiyat va adolatli davlat barpo etishdek eng ezgu tilaklar va ulug’ orzularini o’zida mujassam etgan Davlatimiz Konstitutsiyasi barcha qabul qilinadigan qonunlar va meyoriy xujjatlar uchun mustahkam asos va dasturxonlar bo’lib xizmat qilmoqda.

Konstitutsiyamizning 28 yilligiga bag‘ishlab Umumta’lim fakulteti «Xorijiy tillar-2″ kafedrasida “Konstitutsiya- demokratiya poydevori » deb nomlangan katta tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Advokatlar palatasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi bo’lim boshlig’i Amrullo Axmedov hamda TATU Ta’lim sifatini nazorat qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi Muzaffar Sobirov hamda, «Xorijiy tillar-2» kafedrasi mudiri G.S.Mustayeva, Kafedra professor o’qituvchilari va 1-kurs talabalari ishtirok etdilar.

Bosh qomusimizning mazmun mohiyati uning, davlat va jamiyat boshqaruvidagi ahamiyati haqida so’z yuritildi. Mazmunli o’tgan davra suhbati yakunida talaba yoshlarning mavzu yuzasidan savollariga soha mutahasislari javob berishdi. Talaba yoshlarimiz ham Konstitutsiyamiz haqidagi o’z bilimlarini namoyish etdilar va sovg’alar bilan mukofotlandilar.

Abduvohid Sotvoldiev,
Umumta’lim fakultetidekani o‘rinbosari