TDTU magistratura qoʼshimcha qabul parametrlari

Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish boʼyicha Davlat komissiyasining 2020 yil 11 noyabrdagi 7-sonli bayoni 9-bandida oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga belgilangan qabul parametrlarida vakant qolgan joylarni toʼldirish hamda oliy taʼlim muassasalarining mavjud quvvatlari, moddiy-texnik bazasi va professor-oʼqituvchilari tarkibidan kelib chiqib, yuqori malakali mutaxassislarga boʼlgan ehtiyojini, kadrlar isteʼmolchilarining taklif va murojaatlarini inobatga olib qoʼshimcha qabul parametrlari asosida amalga oshirilishi belgilangan. Shunga muvofiq, Toshkent davlat transport universitetning 2020-2021 oʼquv yili qabuli boʼyicha magistratura mutaxassisliklariga bazaviy toʼlov-kontrakt asosida qoʼshimcha qabul parametrlari Oʼzbekiston Respublikasi transport vazirligi bilan kelishilgan xolda quyidagi jadvalda keltirilgan.

Qabul parametrlari 2020-21📎