Prokuratura vakillari darslarda ishtirok etdi

Toshkent davlat transport universitetida an’anaviy ta’lim davrida infektsiya tarqalishining oldini olishga qaratilgan hamda o‘quv jarayoni sifatini yaxshilash borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Pandemiya sharoitida talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish va tavsiyalar berish maqsadida universitetga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Transport prokuraturasi mas’ul xodimlari tashrif buyurishdi.

Prokuratura xodimlari pandemiyasi davrida oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy ta’limni tashkillashtirish bo‘yicha vaqtinchalik sanitariya-epidemiologik talablariga rioya etilishini o‘rgandi. Dars jarayonlarida ishtirok etib ta’lim sifatini baholadilar.

12-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishi qaroriga muvofiq barcha oliy ta’lim muassasalarida 16 noyabrdan o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda davom ettirilishi belgilab berilgandi.

Tashrif davomida Prokuratura xodimlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan kun munosabati bilan tashkil etilgan tantanali onlayn yig‘ilishida ishtirok etib, universitet jamoasini bayram bilan tabrikladi.

Universitet axborot xizmati