Aviatorlar parashyutchilar federatsiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Joriy yilning 6 noyabr kuni Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti O‘zbekiston parashyutchilar federatsiyasi va Toshkent shahar Aviatsiya havaskorlari jamiyati bilan kichik aviatsiyani rivojlantirish yuzasidan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Unga ko‘ra mamlakatimizda kichik aviatsiyani rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlar almashish, hamkor tashkilot mutaxassislarini kichik aviatsiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarga jalb etish, O‘zbekiston parashyutchilar federatsiyasi va Toshkent shahar Aviatsiya havaskorlari jamiyati faoliyatini keng jamoatchilik o’rtasida targ‘ib qilish masalalari nazarda tutilgan.

Memorandumni Toshkent shahar Aviatsiya havaskorlari jamiyati raisi, Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti dekani Nuriddin Abdujabarov va O‘zbekiston parashyut sporti federatsiyasi raisi Evgeniy Letyanskiylar imzoladilar.

Memorandum milliy aviatsiya sohasiga malakali kadrlarni etkazib berishga xizmat qiladi.

Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti axboroti