O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayon 20-ilovasiga tasdiqlangan

O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayon 20-ilovasiga tasdiqlangan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo’lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko’ra tabaqalashtirilgan to’lov- kontrakt asosida o’qishga qabul qilish tartibi”ga asosan Toshkent davlat transport universiteti rektorining 2020 yil 10 oktyabrdagi 66-U son buyrug’i bilan tasdiqlangan grafik asosida 2020 yilning 12-15 oktyabrь kunlari suhbat komissiyasi talabgorlar bilan o’rnatilgan tartibda suhbat tashkil etdi va hujjatlarni qabul qilib olindi. Qabul qilib olingan hujjatlar yuqoridagi tartib va O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 7 avgustdagi 2-son bayoni talablaridan kelib chiqib ekspertizadan o’tkazildi.
Suhbat komissiyasi natijalari bilan quyida tanishishingiz mumkin.
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/transport_abituriyent/1089

Talabalikka tavsiya etilgan talabgorlar qo’yidagi hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etishingizni so’raymiz:

📚1. Umumiy o’rta ta’im (11-sinf negzida) yoki o’rta maxsus,kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqida hujjat (ilovasi bilan) asl nusxasi

📚2.Foto (3,5×4,5) – 6 ta.

📌To’lov-shartnomalarni 2020 yil 6 noyabrdan universitetning Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring (MARKETING) bo’limidan olishingiz mumkin.

📞call center:
☎️ +998712990234
☎️ +998712990243
☎️ +998712990274
☎️ +998712990499

Toshkent davlat transport universiteti
Qabul komissiyasi
👉http://@transport_abituriyent👈

ТДТрУ – 5 йиллик натижалар _copy