Til bayrami munosabati bilan «ommaviy diktant» tadbiri o‘tkazildi

Toshkent davlat transport universiteti tomonidan 20-oktyabr kuni «Ommaviy diktant» tadbiri o‘tkazildi.

Diktantning asosiy maqsadi universitet jamoasining savodxonligini ko‘tarish, o’zbek tilining rolini oshirishga qaratildi. Onlayn va oflayn shaklda tashkil etilgan diktant o‘zbek lotin alifbosida  yozilishi  belgilandi.

“Til millatning ruhi” mavzusida o‘tkazilgan diktant ishi tanlovi g‘oliblari 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni e’lon qilinadi.

Axborot xizmati.