Universitet mutaxasislari ma’rifiy anjumanda fikr bildirdi

2020-yil 16-oktabr kuni Transport vazirligida O‘zbek tili bayrami arafasida ўтказилган ma’naviy-ma’rifiy анжуманда Тошкент давлат транспорт университети мутахассислари иштирок этди.

Toshkent davlat transport universiteti mutaxassislari ishtirokidagi anjumanda transport atamalarining muammolari hamda ularni hal qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

– Karantin sharoitida o‘tkazilgan mazkur anjumanda nutqimiz va transport atamalari bilan bog‘liq muammolar, ularni bartaraf etish xususida fikrlashib oldik, – deydi Transport vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dilorom Djalolova. – Barchamiz ona tilimizga mehrimizni o‘zimizdan va jamoamizdan boshlashimiz, amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak.

Uchrashuv davomida universitet oqituvchilari Shermatilla Yusupov va Oybibi Iskandarovalar tomonidan tilimizning yuksalish yo‘li, tarixiy ahamiyati, bu yo‘ldagi qiyinchiliklar, respublika siyosiy hayotida va adabiyoti taraqqiyotida tutgan o‘rni to‘g‘risida muhim ma’lumotlar berildi, shuningdek, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikrlar bildirildi.

Transport vazirligi rasmiy saytidan olindi