O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Akmal Jumaboev 1-kurs talabalari bilan uchrashdi

Toshkent davlat transport universitetiga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Akmal Jumaboev tashrif buyurdi.


Akmal Jumaboev universitetda 1-kurs talabalari uchun tashkil etilgan tanishtiruv darslari bilan tanishdi. Onlayn darslarning sifati va o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etishni kengaytirish bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.


Talabalar dars o‘tish jarayonlarini bevosita kuzatish maqsadida real vaqt rejimida onlayn dars soatida ishtirok etdi.


Akmal Jumaboev 1-kurs talabalari bilan uchrashdi va suhbat samimiy ruhda o‘tdi. Uchrashuvda ularning qiziqishlari, kelajakdagi rejalari haqida suhbatlashgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi rahbari ularga o‘z maslahatlarini berib, yaratilgan ushbu imkoniyatdan unumli foydalanish lozim ekanini bildirdi. Uchrashuvda talabalar ta’lim sifatini yaxshilash borasida o‘zlarining taklif-mulohazalarni bildirdilar.


Erkin muloqot tarzida o‘tgan tadbirda ishtirok etgan talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olishdi.

Axborot xizmati