Aviator-talabalar tashabbus ko‘rsatdi

Bugun Aviatsiya transporti muhandisligi fakultetida talabalari tashabbusi bilan ZOOM platformasi orqali O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan onlayn tadbiri o‘tkazildi.

“Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar! ” mavzusida onlayn bayram tadbirida fakulteti dekani Nuriddin Abdujabarov so‘zga chiqib, professor-o‘qituvchilarni kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, tashabbus ko‘rsatgan barcha talabalarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Onlayn muloqotda ishtirok etgan O‘zbekiston davlat drama teatri aktrisasi Malika Raximova ustozlarni bayram bilan tabrikladi. Aktrisa Malika Raximova ijodidan namunalar keltirib, tadbirni yanada boyitdi.

Talabalarning tabriklari va qo‘shiqlari yig‘ilish ishtirokchilariga kayfiyat ulashdi.

Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti.