O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan onlayn bayram tadbiri o‘tkazildi

Toshkent davlat transport universitetida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan onlayn bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

ZOOM dasturi orqali karantin qoidalariga amal qilgan holda tashkil etilgan bayram tadbirida universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida faollar zalida universitet jamoasi tomonidan tayyorlangan o‘qituvchi-murabbiylarni sharaflovchi kengaytirilgan bayram dasturi namoyish etildi.

Axborot xizmati.