Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Toshkent davlat transport universiteti Aviatsiya transport muhandisligi fakulteti talabalarining murojaat»iga munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgan Aviatsiya transport muhandisligi fakulteti talabalarining murojaatiga fakultet rahbariyati quyidagilarni ma’lum qiladi.

Pandemiya tufayli 2020/2021 o‘quv yili 2 sentabrdan masofaviy shaklda o‘tkazila boshlandi. Toshkent davlat transport universiteti Aviatsiya transport muhandisligi fakulteti talabalariga kuzgi semestrda 54 ta fan o‘qitiladi. Fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallar moodle.tstu.uz  elektron portaliga yuklatildi.

Shuningdek, darsliklarning elektron shakli lib.tstu.uz elektron bazasiga yuklangan. Talabalar uchun  @tstuonlinebot telegramm kanali ishlab turibdi. Talabalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlarini qiziqtirgan savollarni universitet rahbariyatiga berishlari va mutasaddi xodimlardan tegishli javoblar olishlari mumkin.

moodle.tstu.uz  elektron portalida talabalar va professor-o‘qituvchilar foydalanishi uchun qulay interfeyslar yaratilgan. Talabalar o‘zlari o‘qiydigan ta’lim yo‘nalishi, kursi, ta’lim tili bo‘yicha o‘zlashtiradigan fanlari bo‘yicha materiallarni olishi va vazifalarni bajarishi uchun qulay sharoitlar mavjud. Professor-o‘qituvchilar yozgi ta’til davrida jadal ishlab, o‘zlariga biriktirilgan fanlar bo‘yicha materiallarni qayta ko‘rib chiqib, ularni boyitib masofaviy ta’lim portaliga yukladilar. Afsuski, talabalar to‘liq portalga kirib ishlamayaptilar. Buning natijasida turli tushunmovchiliklar vujudga kelmoqda.

Fakultet kafedralarida o‘qitilayotgan fanlarning o‘quv-uslubiy materiallari (ma’ruza matnlari, prezentatsiyalar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar matnlari, savollar, mustaqil ta’lim mavzulari, foydalanish uchun adabiyoilar ro‘yxati, internet tarmoqlari manzillari va boshqalar) universitetning masofaviy ta’lim portaliga yuklatilgan.

“Aviatsiya injiniringi” kafedrasi bo‘yicha: bakalavriat fanlari rus, o‘zbek va ingliz tillaridagi 31ta fandan 29 tasi to‘liq kiritilgan. 2ta fan to‘liq emas. Magistratura fanlaridan 8ta fan 7tasi to‘liq kiritilgan, 1tasi to‘liq kiritilmagan. 87-18XKTF guruhida 22ta fandar “Aviatsiya dvigatellari” va UA konstruktsiyalarini loyihalash” fanlari ZOOMda 4ta dars o‘tildi, 88-18XKTF guruhida 1ta fandan “UA konstruktsiyalarini loyihalash” fanidan ZOOMda dars o‘tildi. 123-19XXB va 124-19XXB guruhlarida”Aerodinamika va UA tuzilishi” fanlaridan darslar ZOOMda o‘tkazildi.

“Aeronavigatsiya tizimmlari” kafedrasi bo‘yicha: bakalavriatda 23ta fandan materiallar to‘liq joylashtirilgan, va 10ta fandan videoroliklar joylashtirilgan, magistraturada 23ta fandan materiallar to‘liq joylashtirilgan va 5ta fandan videoroliklar joylashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda kuo‘tarilgan masalalar bo‘yicha talabalar va universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Gulamov ZOOM orqali online konferensiya o‘tkazildi.

Joriy yilning 2 oktyabr kuni fakulьtet professor-o‘qituvchilari uchun MOODLE tizimida ishlash bo‘yicha seminar o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Fakultet axboroti.