Bayram dasturxoni yozildi

Mamlakatimizning barcha oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi Toshkent davlat transport universitetida ham O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlanmoqda. Bayram munosabati bilan universitetga tashrif buyurgan ustozlar, fahriy o‘qituvchilar va mehmonlar universitet ma’muriyati tomonidan kutib olindi. Shuningdek, bayram tadbiriga universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlar taklif etildi. Bayram dasturxoni yozilib, badiiy dastur namoyish qilindi.