E’tirof

Mamlakat iqtisodiyoti va sanoati rivoji uchun yetuk kadrlarni etishtirishda oliy ta’lim muassasalaridagi pedagoglarning xizmatlari beqiyos ahamiyatga ega. Transport qurilishi, xususan, muhandislik qidiruvi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi sanoqli ta’lim dargohlari orasida Toshkent Davlat Transport Universiteti (Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti) “Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi “Muhandislik geodeziyasi” maktabi o‘z o‘rniga ega.

Muhandislik geodeziyasini chuqur o‘zlashtirgan kafedra bitiruvchilari bugungi kunda respublikadagi yetakchi loyiha va qurilish tashkilotlarida samarali mehnat faoliyatini olib bormoqdalar. “Muhandislik geodeziyasi” maktabida talabalarga o‘z fanining sir asrorlarini o‘rgatibgina qolmay ularga g‘amxo‘rlik qilgan insonlar mehnati Universitet raxbariyati va kafedra a’zolari tomonidan yuksak e’tirofga sazovor bo‘lmoqda.

Qayumova Xurinisa Tairovna va Ziyavutdinov Bositxon Voxidovich o‘z faoliyatlari boshidanoq mashaqqatli va sharafli pedagoglik faoliyatini tanladilar. Ularning oldida nafaqat talabalarga bilim berish, balki “Muhandislik geodeziyasi” maktabining pozitsiyasi va salohiyatini saqlab qolish, uni yanada yuksaltirish hamda “Muhandislik geodeziyasi” fani o‘qituvchilari silsilasini davom ettirish vazifasi bor edi. Xurinisa Tairovna va Bositxon Voxidovich ushbu maqsadlariga etishdilar.

Ularning mehnatlari samarasi sifatida “Muhandislik geodeziyasi” fanini o‘qitish jarayoniga zamonaviy pedagogok-texnologiyalarni tadbiq etish, jahon tajribasidagi ilg‘or geodezik ishlarni ta’lim jarayonida qo‘llanila boshlanganini ta’kidlash joiz. Insonning hidoyat topishida kitobning o‘zi kifoya qilmaydi. Chunki kitob ustoz bo‘la olmaydi. Ilmda ustozning o‘rni o‘ta muhimdir.

Ustozlarimizning mexnatlarini munosib baxolash va o‘z minnatdorchiliklarini izhor qilish maqsadida universitet raxbariyati va “Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi tashabbusi bilan ustozlar extiromi va e’tirofiga bag‘ishlangan tadbir tashkillashtirildi.

Yig‘ilishda Universitet prorektori D.X. Baratov “Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi faxriy ustozlariga universitet raxbariyatining tashakkurnomasini o‘qib eshittirdi. “Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi mudiri U.Z. Shermuxamedov va kafedra a’zolari tomonidan ustozlarga estalik sovg‘alari taqdim qilindi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyat va samimiy ruxda o‘tdi. Bu kabi tadbirlarni universitet hayotida “Ustozlar e’tirofi” nomi bilan davom ettirilishi orqali go‘zal an’anaga aylanishi lozim.

“Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi