Universitet Xotin-qizlar kengashiga saylov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 fevraldagi 326-sonli buyrug‘i hamda Toshkent davlat transport universiteti rektorining 2020 yil 22 sentyabrdagi 43-U-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida bugun universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisligiga saylov bo‘lib o‘tdi.

Saylovda universitetning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat tizimi xodimlari, jamoatchilik tashkiloti vakillari, fakultetlarning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullari ishtirok etishdi.

Saylovda ishtirok etgan Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha fakultet mas’ullarining taklif va tavsiyalari, ular tomonidan ko‘rsatilgan nomzod yuzasidan ochiq tarzda ovoz berildi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, shu davrga qadar universitetning “Ko‘priklar va tonnellar kafedrasi” assistenti lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Xakimova Yakutxon To‘laganovna universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi etib saylandi.

Shu munosabat bilan, Toshkent davlat transport universiteti jamoasi Yakutxon Xakimovaga universitetimizda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirishda hamda mazkur mas’uliyatli vazifani bajarishda kuch-g‘ayrat va zafarlar tilaydi.

Axborot xizmati.