Toshkent davlat Transport universiteti akademik litseyida imtihonlar o‘tkazildi

Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida 11-12 sentyabr kunlari 528 nafar talabgor o‘quvchilar o‘rtasida saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Imtihonlarni o‘tkazish ikki bosqichdan iborat bo‘lib, saralash imtihonlarini ijobiy topshirgan 260 nafar o‘quvchilar akademik litseyda ta’lim olishni davom ettirish uchun qabul qilinadi.
Imtihon jarayonida o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash, pandemiya davrida karantin qoidalariga rioya etilishi, jumladan imtihonga kirishda o‘rnatilgan dezinfektsiya tunnellari, o‘quvchilarning harorati termometriyadan o‘tkazilishi hamda bir martalik tibbiy niqob bilan ta’minlanganligi ko‘zdan kechirildi.
Saralash imtihoni O‘zbekiston Transport prokuroraturasi va Toshkent mintaqasi temir yo‘l transportida XTB HPB xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.

Litsey ma’muriyati axboroti.