Aqliy va ilmiy salohiyat – yangi O‘zbekiston poydevori

Bugun universitet kengashlar zalida universitet rektori Odil Abdurahmanov ishtirokida Davlat rahbari Shavkat Mirziyoevning nutqi hamda Toshkent davlat transport universitetining ilk o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans” iborasi alohida ta’kidladi. Anjumanda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichida Toshkent davlat transport universitetining o‘rni haqida fikr almashildi.
So‘nggi yillarda yurtimiz uchun bilimli va tajribali, har tomonlama etuk kadrlarni shakllantirishga qaratilgan qator farmon va qarorlar qabul qilinganligi, jumladan, “Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori transport ta’limini mazmun va sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqqanligi ta’kidlandi.
Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Zayniddin Nizamxodjaev, Transport vaziri o‘rinbosari Akmal Mirzayev, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullaev, O‘zbekiston Xalq artisti Dilorom Karimovalar universitet jamoasiga jahon ta’lim muassasalari orasida munosib o‘rin egallashlariga mas’ul ekanligini bildirdilar.

Axborot xizmati.