O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar qabuli 2020 yil 2 sentyabriga qadar davom etadi

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2020-2021 o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini qayta tiklash (bir taʼlim muassasasi doirasida) bo‘yicha arizalarni qabul qilish haqidagi ko‘rsatmasiga asosan, Toshkent davlat transport universiteti o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar qabulini 2020 yil 2 sentyabriga qadar davom ettirishini eʼlon qiladi.
Qo‘shimcha maʼlumot uchun telefonlar:
71 2990274, 71 2990234, 71 2990499, 71 2990243