Xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan va o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar va ularning ota-onalari diqqatiga

Xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan va o‘qish istagida bo‘lgan
yoshlar va ularning ota-onalari diqqatiga !!!

Xorijiy (jumladan qo‘shni) davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan (olgan) talabalarning 2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirishga amaldagi tartiblarga muvofiq quyidagi holatlarda ruxsat etilmaydi:

– davlat akkreditasiyasidan o‘tmagan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotganlarga;

– masofaviy (onlayn) ta’lim shaklida tahsil olayotganlarga.

– Xorijda o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasi tomonidan talabaning o‘qishi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi pochta manziliga yo‘llanmasa, talabaning o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasidagi xujjatlar to‘plamini to‘liq yo‘llamasa.

– Shu bilan birga, xorijiy (jumladan qo‘shni) davlatlardagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga taklif etayotgan norasmiy firmalar, fuqarolar va boshqa shu kabi firibgarlarga ishonib qolmaslik tavsiya etiladi. Zero, shu toifadagi shaxslar talabalikka qabul qilish yoki o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hech qanday vakolatga ega emas.