Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Joriy yilning 16 iyul kuni institut ishchi-xodimlari, talaba-yoshlar ishtirokida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida onlayn konferentsiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor D.X. Baratov ochib berib, korrupsiya illati davlat va jamiyatlarni ich-ichidan kemirib vayron qilishi, shuningdek oliy ta’lim tizimida ushbu illat sababli bilimli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning qondirilmasligiga olib kelishi ta’kidlab o‘tildi.

Shundan so‘ng so‘zga “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, professor J.S. Ramatov so‘zga chiqib, korrupsiyaning paydo bo‘lish sabablari va uning turlari, korrupsiyani oldini olishning vosita va usullari, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashda har bir fuqaroning fuqarolik pozitsiyasini chuqur anglagan holda, qonunlarga og‘ishmay rioya etilishi hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Tarix fanlari doktori, professor R.A. Nosirov so‘zga chiqib, bugungi kunda korrupsiya faqatgina pora berishdan iborat bo‘lmay, balki uning ijtimoiy xususiyatlari namoyon bo‘layotganligi, ijtimoiy korruptsiyaning oliy ta’lim tizimida ko‘plab kuzatilayotganligi achinarli holat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi, Tergov bo‘limi boshlig‘i Tangirberdiev Akmal Sultanbaevich so‘zga chiqdi. Mutaxassis korrupsiyaga qarshi kurashish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligi, 2017 yil 3 yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” Qonun hamda 2019 yil 27 mayda “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilinib ushbu farmon asosida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilganligini aytib o‘tib, 2020 yil davlat dasturida oliy ta’lim tizimini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish belgilanganligi, oliy ta’lim tizimida korrupsiyaviy holatlar asosan o‘qishga kirish, o‘qishni ko‘chirish, yakuniy davlat attestatsiya hamda bitiruv diplom ishi bilan bog‘liqligini keltirib o‘tdi.
Konferentsiya ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi axboroti