Universitet rektori Odil Abduraxmonov yoshlar bilan fikr almashdi

Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abduraxmonov yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.

Unda yangi tashkil etilgan Toshkent davlat transport universiteti yoshlari hayotiga daxldor, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va orzu-maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan maqsad va vazifalar haqida fikr almashildi.

Uchrashuv davomida universitetda kechayotgan jarayonlar tahlili hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishda yoshlarning o‘rni va roli to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.

Transport tizimi uchun mutaxassis kadrlarni tayyorlashda ta’lim sifatini yanada rivojlantirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish va bu borada professor-o‘qituvchilarning salohiyati masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Universitet rektori yoshlarni tashabbus ko‘rsatishda xato qilishdan qo‘rqmaslikka chaqirib, loqaydlik va bee’tiborlik ko‘proq salbiy oqibatlarga olib kelishini tushuntirdi.

Uchrashuv samimiy, ochiq va shu bilan birga tanqidiy ruhda o‘tdi.

Axborot xizmati