Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan rejalashtirilgan konferensiya Aхborot xati

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “O‘zbekkino” milliy agentligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida “2020 yil – “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” munosabati bilan 2020 yil avgust oyida 31 avgust – “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” oldidan “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashgan mutafakkirlar” shiori ostida buyuk ajdodlarimiz, jumladan XX asr jadid adabiyoti namoyandalari hayoti, ijodi, taraqqiyparvar g‘oyalari targ‘ibotiga bag‘ishlangan ilmiy – amaliy konferentsiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “2020 yil – “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 186-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan ushbu konferentsiya doirasida buyuk ajdodlarimiz, jumladan XX asr jadid adabiyoti namoyandalari hayoti, ijodi, taraqqiyparvar g‘oyalari bilan bog‘liq ilmiy masalalar ko‘rib o‘tiladi.

Tashkiliy guruh tomonidan tanlab olingan sara maqolalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda hamkor tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylanadi, OAVlarida e’lon qilinadi.
Mamlakatimizdagi etuk tadqiqotchilar, tarixchi va adabiyotshunos olimlardan iborat ekspertlar guruhi tomonidan saralab olingan konferentsiya materiallarini elektron to‘plam holida chop etish rejalashtirilgan.

Konferentsiyada quyidagi sho‘’balar bo‘yicha ilmiy maqolalar qabul qilinadi:
1. XX asr ma’rifatparvarlik harakati: Jadidchilikning yuzaga kelishi va tarixiy muhit (tarix);
2. O‘zbek jadid adabiyoti: Milliy uyg‘onish va istiqlol tafakkuri;
3. Jadid pedagogikasi: Ma’rifatparvarlik g‘oyalari va zamonaviy ta’lim (pedagogika, axloqshunoslik);
4. O‘zbek jadidlarining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy qarashlari (siyosatshunoslik, san’atshunoslik, teatrshunoslik, miliy g‘oya va hk.);
5. O‘zbek jadidchilik harakatining mintaqaviy va xalqaro miqyosda o‘rganilishi.
Konferentsiyaning rasmiy tillari: o‘zbek, rus va ingliz tili.

Konferentsiyada OTM professor o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar ishtirok etishi mumkin.

Konferentsiyaga taqdim etiladigan ilmiy maqolalar uchun talablar:
1. Maqola hajmi – 3-5 bet. Ilmiy maqola to‘g‘ri ilmiy uslubda yozilishi (o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida), mantiqiy tuzilmaga ega bo‘lishi (muammo va vazifalarni qo‘yish, metodlar va tadqiqot metodikalarini asoslash bilan asosiy materialni, olingan natijalar, xulosalarni kiritish).
2. Maqola nomi – bosh harflar, yarim qora shriftda markazga joylashtiriladi. Sarlavhalar oxirida nuqtalarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mualliflarning ismi va familiyasi – maqola nomidan keyingi satrda: kursiv, markaz bo‘ylab joylashtirish.
Tashkilot nomi, E-mail – mualliflarning ismi va familiyasidan keyingi satrda: kichik harflarda, markaz bo‘ylab joylashtirish.
3. Maqola matni -mualliflar haqidagi ma’lumotlardan so‘ng bir interval tashlab beriladi.
Materiallarni Windows uchun Microsoft Word matn muharririda tayyorlash zarur (97-2003).
Matn o‘zbek, rus, ingliz tillarining birida Microsoft Word muharriridan foydalangan holda Times New Roman shriftida, 14 o‘lchamda, 1 intervalda, varaqning chap tomonidan 3 sm, yuqori va pastidan 2 sm, o‘ng tomonidan 1,5 sm joy qoldirilgan holda tayyorlanadi.
Maqolalarning ilmiy saviyasi tahrir hay’ati tomonidan qayta tahrirlanadi. Belgilangan talablarga javob bermaydigan maqolalar konferentsiya materiallari to‘plamiga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Bayon etilgan ma’lumotlarning ilmiy-nazariy asoslanganligi va metodik jihatdan puxta ishlanganligi uchun muallif(lar) mas’uldir.
4. Adabiyotlar ro‘yxati – maqola matnidan so‘ng bir interval tashlash. Adabiyotlar ro‘yxati – shrift 14. Adabiyot manbalariga havolalar – matn ichida, masalan: [7] yoki [9, 3-b]. Foydalanilgan adabiyotlar kamida 5 ta manbani o‘z ichiga olishi kerak.

Ilmiy-amaliy konferentsiyada ishtirok etish istagida bo‘lganlar maqolalarni 2020 yil 1 avgustgacha taqdim etishlari mumkin.

Murojaat uchun: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, tel: 71-215-50-75; 90-325-49-11.

Maqolalar quyidagi telegram raqami orqali qabul qilinadi: +99890-900-59-28.

Konferentsiya tashkiliy guruhi:
Tashkiliy guruh rahbari: Minhojiddin Hojimatov – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari
A’zolari:
Naim Karimov – filologiya fanlari doktori, professor, akademik;
Baxtiyor Nazarov – filologiya fanlari doktori, professor, akademik;
Sirojiddin Saidov – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi;
Shoazim Minovarov – O‘zbekistondagi Islom tsvilizatsiyasi markazi direktori;
Shuhrat Rizaev – “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari;
Muhamadjon Quronov – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari;
Muzaffar Kamilov – Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari;
Otabek Bazarov – Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i;
Hamidulla Boltaboev – filologiya fanlari doktori, professor;
Shuhrat Sirojiddinov – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor;
Zaynobiddin Abdirashidov – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, falsafa fanlari doktori;
Bahodir Karimov – filologiya fanlari doktori, professor.

Izox: Ushbu konferentsiya global pandemiya sharoitida o‘tkazilayotgani tufayli barcha faoliyat online shaklda amalga oshirilishi mumkin.